Özbekiston bozor iştirokçilariga qöşimça kapital jalb qiliş imkoniyatlarini kengaytiriş maqsadida birinçi marta mamlakatdagi kompaniyalarga şariat qonunlariga muvofiq obligatsiyalar (sukuk) çiqarişga ruxsat bermoqçi, deya xabar qilmoqda Kun.uz muxbiri.

«Islomiy obligatsiyalar böyiça - bu kelgusi yilning örtalarigaça böladi, deb umid qilaman», - deya Kun.uz’ning tegişli savoliga javob qaytardi Kapital bozorini rivojlantiriş agentligi direktori Otabek Nazirov.

Uning sözlariga köra, agentlik Islom taraqqiyot banki (ITB) missiyasining kelişini kutmoqda, uning qöllab-quvvatlaşi bilan uşbu mahsulot Özbekiston bozoriga kiritiladi.

«ITB missiyasi kelasi oy keladi. Ular biz uçun mahsulot işlab çiqadi va yuridik jihatdan mavjud bölişi uçun qonunçilikka qanday özgartirişlar kiritişimiz kerakligini aniqlaşga yordam beradi», - deya ta'kidlab ötdi Nazirov.

Şu bilan birga, u sukuk (islomiy obligatsiya) Özbekistonda juda ommabop bölişini ta'kidladi.

Eslatib ötamiz, 2018 yilda Moliya vazirligi Özbekistonda islomiy bank va moliya işi infratuzilmasini yaratiş çora-tadbirlari töğrisidagi prezident qarori loyihasini işlab çiqdi, biroq u qabul qilinmadi. Hujjatda prezidentning Özbekiston Islom taraqqiyot banki (ÖITB)ni taşkil etiş töğrisidagi qarori loyihasini işlab çiqiş közda tutilgandi.

ÖITB standart çakana xizmatlarning keng spektrini, şu jumladan, eksport-import, uy-joy qurilişi, tijoriy köçmas mulkni moliyalaştiriş, lizing xizmatlari (ijara), suğurta (takaful), şuningdek, tuzilmaviy bölinmalar orqali qimmatli qoğozlar bozoridagi xizmatlarni (sukuk) taqdim etişi rejalaştirilgan edi.