Şu yilning 6 oktabr kuni Sirdaryo viloyatining Xovos tumani IIB tergov bölimidan hujjatlar tuşgan, deb xabar bermoqda Özbekiston Respublikasi IIV Jamoatçilik va OAV bilan aloqalar boşqarmasi.
Ularga köra, 28 sentabr kuni viloyat IIB tezkor xodimlar tomonidan ötkazilgan “Qoradori-2019” tadbiri davomida Xovos tumanida yaşovçi 1967 yilda tuğilgan B.S.ning yaşaş xonadoni közdan keçirilganda, tomorqada 2 kg. 108 gr. “marixuana” giyohvandlik vositasi saqlanayotgani aniqlanib, aşyoviy dalil sifatida olindi.
Holat yuzasidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 276-moddasi (Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni ötkaziş maqsadini közlamay qonunga xilof ravişda tayyorlaş, egallaş, saqlaş va boşqa harakatlar) 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.











