Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ayol istalgan bolani tezda tinchlantirishi mumkin bo‘lgan ajoyib layfxak bilan bo‘lishdi
Amerikalik ayol Jyessika d’Entremontning ikki nafar qizi bor. Biroq, uxlash vaqti kelganda, ularni tinchlantirish deyarli imkonsiz. Ammo ayol bu borada o‘ziga xos yechim topdi.
Jyessika o‘zining ajoyib layfxaki bilan "Feysbuk"dagi sahifasida bo‘lishdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, yaqinda qizlariga qorong‘ida o‘zidan nur taratadigan pijamalar sotib olgan. Shundan so‘ng, ona o‘z farzandlaridan besh daqiqa sukut saqlash haqida so‘rashning o‘rniga, juda ayyor reja tuzdi.
U qizlariga yangi pijamalarni yoqib yurish uchun ularni “quvvatlantirish” kerakligini aytdi. Eng muhimi - chiroq yoqilgan holda tinch va harakatsiz tarzda. Endi bu oilada uyquga tayyorgarlik jarayoni ancha tinchlangan. Garchi ayol ayyorlik qilgan bo‘lsa-da, vijdon azobidan qiynalmayotganini ta'kidladi.
Layfxakli post tezda mashhur bo‘lib ketdi. Bir hafta ichida u 200 mingdan ortiq layk va 50 mingga yaqin izoh yig‘di.
Mavzuga oid
19:37 / 01.07.2026
Tramp Oq uyga qaytgach kamida $2 mlrd daromad ko‘rdi. Asosiy boylik – kriptovalutalardan
09:15 / 01.07.2026
AQSh NIS uchun vaqtinchalik litsenziya muddatini yana 30 kunga uzaytirdi
21:14 / 30.06.2026
AQSh Oliy sudi tug‘ilganda fuqarolik olish huquqini tasdiqladi
17:54 / 30.06.2026