Bugun, 13 noyabr kuni Samarqand viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambağallikni qisqartiriş masalalari böyiça birinçi örinbosari Jamşid Öroqov iştirokida matbuot anjumani ötkazildi.

Hokim örinbosari viloyatda kambağallikni qisqartiriş borasida olib borilayotgan işlar hamda iqtisodiy körsatkiçlar haqida ma'lumot berdi. Şuningdek, yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda e'tirozlarga sabab bölgan holat – Narpay, Iştixon va Qöşrabot tumanlari hokimlarining «UzAuto Motors» AJ sotayotgan eng qimmatbaho avtomobillardan biri – «TRAILBLAZER» xarid qilgani yuzasidan munosabat bildirdi.
«Oçiğini aytiş kerak, hozirgi şaroitda tuman-şaharlar özlarida qolgan mablağni hududda kambağallarni kamaytirişga sarflasa, maqsadga muvofiq bölardi.
Biz pandemiya davrida «Saxovat va kömak» jamğarmasiga viloyat böyiça 24 milliard söm mablağ tuşirişni maqsad qilgandik. Tumanlarimizdan ham 14 milliard sömdan ortiqroq mablağ yiğildi. Xususan, yuqorida tilga olingan tumanlar ham rejalaştirilgan summani jamğarmaga tuşirib berişdi. Uşbu mablağlar hududlarda qiş-bahor fasllarida kambağal oilalarga kömak berişga yönaltiriladi.
Ammo bir faktni tan olişimiz kerak, sönggi yillarda tuman-şaharlarning mahalliy budjeti özida qolyapti. Ya'ni, ular öz mablağiga özi xöjayin, biz boşqa maqsadlarga yönaltirişga haqqimiz yöq.
Şaxsan «TRAILBLAZER» xarid qilgan tuman hokimlarining avval qanday maşinada yurişganidan xabardor emasman.
Yana bir gap. Hududlarda mahalliy budjetni qayerga yönaltiriş xalq deputatlari tuman-şahar kengaşlarining qarori bilan amalga oşiriladi. Demak, deputatlar qöl kötarişdan oldin savol bersalar, öşa mablağlarni kambağalçilikni kamaytirişga yönaltiraylik desalar, heç bir hokim bunga qarşi borolmaydi», deya Jamşid Öroqovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Ma'lumot uçun, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlaniş darajasini baholaşning reyting körsatkiçlari natijasiga köra Qöşrabot tumani «qizil», Narpay va Iştixon tumanlari esa «sariq» hududga kiradi. Qöşrabotda hozirgi vaqtda 1312ta oila kambağal hisoblanib, uşbu oilalarda yaşovçilar 5947 nafarni taşkil qiladi. Narpayda esa 2018ta oila (yaşovçilar soni 8771 nafar), Iştixon tumanida 2052ta oila (yaşovçilar soni 9063 nafar) kambağal hisoblanadi.











