Dunyo böyiça kamida 2,2 milliard kişining köriş qobiliyati yomon yoki közi ojiz bölib, yana kamida 1 milliard kişi oldini oliş mumkin bölgan köz kasalliklaridan aziyat çekmoqda. Bu ma'lumotlar Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti (JSST) tomonidan Jyenevada e'lon qilingan hisobotda keltirildi.

JSST boş direktori Tedros Adanom Gebreyyesusning bayonotiga köra, "köz kasalliklari köpinça davolanmasdan qolib ketadi". 

"Oftalmologik yordamga muhtoj insonlar moliyaviy qiyinçiliklarsiz sifatli xizmat oliş imkoniyatiga ega bölişlari kerak", dedi u. 

JSST rahbari bunday yordamni "milliy bazaviy soğliqni saqlaş rejalari va paketlariga kiritiş" har qanday mamlakatning umumiy soğliqni saqlaş qamroviga erişişda muhim omil ekanligini ta'kidladi.

Gebreyyesus katarakta böyiça operatsiya yordamida bir kun içida davolaş imkoni bölaturib, 65 million kişi köriş qobiliyatining buzilişidan aziyat çekayotganini eslatib ötdi. Bundan taşqari, uning sözlariga köra, 800 milliondan ortiq kişi közoynak sotib olişga imkoniyati yöqligi uçun tölaqonli hayot keçira olmaydi.
"Bunga yöl qöyib bölmaydi", deb ta'kidladi u.

JSST köz kasalliklari qişloq joylarda, kam ta'minlanganlar va qariyalar, nogironlar, ayollar va etnik ozçilik orasida köproq uçraşiga e'tibor qaratdi. JSST ma'lumotlariga köra, köriş qobiliyati buzilgan 1 milliard kişiga yordam beriş uçun 14 milliard dollar kerak böladi.