Bojxona xodimlari naqd xorijiy valutalarning noqonuniy aylanmasiga öz vaqtida çek qöyişmoqda.
Yaqinda, Toşkent viloyati bojxona boşqarmasi “Oybek” çegara bojxona posti orqali qöşni davlatga ketayotgan fuqaro Ş.I. boşqaruvidagi “DAF Te105xf” rusumli avtotransport vositasi bojxona körigidan ötkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qömitasi axborot xizmati xabar bermoqda.


Natijada, yölovçi bojxona deklaratsiyasida körsatilmagan va oğzaki sörovda aytilmagan, 700 000 qozoq tengesi, 90 000 Rossiya rubli hamda 7291 AQŞ dollari naqd xorijiy valutalarini yaşirgan holda olib çiqmoqçi bölganligi foş qilindi.
Şu kunning özida “OPEL Zafira” rusumli avtotransport vositasini boşqarib qöşni davlatga yöl olgan yana bir fuqaro Ş.A. bojxona körigidan ötkazilganida, uning egnidagi şimining öng çöntagida yölovçi bojxona deklaratsiyasida körsatilmagan va oğzaki sörovda aytilmagan 6500 AQŞ dollari hamda 10 000 Rossiya rubli naqd xorijiy valutalarini yaşirib olib ötişga bölgan harakatlariga ziyrak bojxona xodimlari çek qöyişdi.
“Oybek” çegara bojxona posti xodimi tomonidan qöşni davlatga yöl olgan fuqaro X.Q. xolislar iştirokida şaxsiy körikdan ötkazilganida, uning egnidagi kurtkasining içki çöntagida va şimining çöntagida yölovçi bojxona deklaratsiyasida körsatilmagan va oğzaki sörovda ma'lum qilinmagan 140 000 Rossiya rubli, 5000 AQŞ dollari naqd xorijiy valutalari yaşirilganligi aniqlandi.
Ayni paytda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan suriştiruv işlari olib borilmoqda.











