O‘zbekiston | 09:35 / 09.10.2019
24924
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda yangi kodeks ishlab chiqiladi

Foto: 123RF

O‘zbekistonda Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risidagi kodeks ishlab chiqiladi. Bu haqda prezidentning “Mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi islohotlar ustidan jamoatchilik nazorati samaradorligini, shuningdek, fuqarolarning demokratik o‘zgartirishlardagi faolligini oshirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida aytiladi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasining Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risidagi kodeksi loyihasini tayyorlash bo‘yicha ishchi guruh tuziladi.

Ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish va shakllangan milliy huquqni qo‘llash amaliyoti asosida nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risidagi qonunchilikni kodlashtirish va tizimlashtirish ishchi guruhning asosiy vazifasi etib belgilandi.

Ishchi guruh 2020 yil 1 fevralga qadar manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan kelishilgan O‘zbekiston Respublikasi Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risidagi kodeksi loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.

Bundan oldin, Shavkat Mirziyoyev islohotlar ustidan jamoatchilik nazorati samaradorligini oshirish bo‘yicha yangi qaror imzolagani xabar qilingandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid