Bugun Volgaböyidan ğarbiy Qozoğiston orqali respublika hududiga nisbatan salqin havo oqimi kirib keldi, tekislik hududlarda avvalgidek quruq ob-havo saqlanib turadi, faqat Toşkent viloyatining ayrim toğli hududlarida yomğir yoğişi mumkin.
«Özgidromet» xabariga köra, kunduzgi harorat mamlakatning katta qismida 2-3 darajaga pasayib, şu davr uçun xos bölgan me'yorlarga yaqin böladi.
Dam oliş kunlarida Özbekiston aholisini iliq va quruq ob-havo kutmoqda. Bu kunlarda respublikaga Turkmaniston hududlaridan çiqqan iliq havo kiradi. Termometr ustunçasi kunduzi 24-27 darajagaça kötariladi.
Kelayotgan hafta duşanba kuni navbatdagi havo oqimi kirişi bilan respublikaning katta qismida ob-havo yoğingarçiliksiz bölib, faqat Toşkent viloyatida havo özgarişi mumkin. Ayrim joylarda şamol kuçayib, uning tezligi 15-20 m/s gaça yetişi mumkin. Kunduzgi harorat 18-23 darajagaça pasayadi.












