11 oktabr kuni soat 4:00 atrofida Qaşqadaryo viloyatining Dehqonobod tumanida M-39 «Olmaota—Toşkent—Termiz» yölining Gumbuloq qişloği hududidan ötgan 1262-kilometrida «Kamaz» yuk maşinasi va «Lasetti» avtomobili iştirokida yirik yöl-transport hodisasi röy berdi.
Qaşqadaryo viloyati IIB matbuot xizmati xabariga köra, YTH oqibatida 3 kişi halok bölgan va 1 kişi şifoxonaga joylaştirilgan.
«2019 yil 11 oktabr kuni soat 04:00larda Dehqonobod tumani Gumbuloq qişloği xududidan ötgan «M-39» raqamli «Olmaota-Toşkent-Termiz» yönalişidagi xalqaro avtomobil yölining 1262-km.da «Lasetti» rusumli 75 R 488 NA davlat belgili avtomaşina Termiz şahri tomondan harakatlanib kelib, qarama-qarşi tomonidan harakatlanib kelayotgan «Kamaz» rusumli 75 T 303 NA davlat raqam belgili yuk avtomaşinasi bilan töqnaşib ketişi natijasida yöl-transport hodisasi sodir bölgan.
Natijada uç nafar şaxs hodisa sodir bölgan joyda vafot etgan. Bir nafar şaxs esa turli darajadagi tan jarohati olib, tuman markaziy şifoxonasining jonlantiriş bölimiga yotqizilgan.
Mazkur holat yuzasidan Dehqonobod tumani IIB huzuridagi Tergov bölinmasi tomonidan jinoyat işi qözğatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda», deyiladi xabarda.

Soğliqni saqlaş vazirligi ham hodisa yuzasidan ma'lumot berdi va uşbu YTH 4 kişining ölimiga sabab bölganini ma'lum qildi.
«11 oktabr kuni soat 04:00lar atrofida Qaşqadaryo viloyati Dehqonobod tumani «Gumbuloq» MFY hududidan ötuvçi «Olmaota – Toşkent – Termiz» yönalişidagi xalqaro avtomobil yölining 1262-kilometrida «Lasetti» va «Kamaz» rusumli avtomaşinalar töqnaşuvi natijasida yöl-transport hodisasi sodir böldi.
Avtohalokat oqibatida jami 5 nafar fuqarodan 4 nafari voqea joyida vafot etgan. Bir nafari, Surxondaryo viloyati Şörçi tumani «Hurlik» mahallasida yaşovçi, 1967 yilda tuğilgan X.B. Dehqonobod tuman tibbiyot birlaşmasi şoşilinç tibbiy yordam bölimiga yotqizilgan. Bemorga «Öng bilak suyagining tipik kismidan yopiq sinişi» taşxisi qöyilgan. Ayni paytda şifokorlar unga davo muolajalarini körsatmoqda.
Uşbu vaziyat Soğliqni saqlaş vazirligi tomonidan qat'iy nazoratga olingan», deyiladi Soğliqni saqlaş vazirligi Jamoatçilik bilan aloqalar bölimi xabarida.

















