Özbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga Özbekiston Prezidentining «Davlat xizmatçilari ayrim toifalarining mol-mulkini, daromadlari va xarajatlarini deklaratsiyalaş va zarur texnik infratuzilmani bosqiçma-bosqiç joriy etiş töğrisida»gi qarori loyihasi joylaştirildi. Loyiha Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan işlab çiqilgan.
Hujjatga köra, 2020 yilning 1 yanvaridan boşlab Özbekistonda davlat xizmatçilari ayrim toifalarining, şuningdek ularning oila a'zolarining (ota-onalari, turmuş örtoği va farzandlari, şu jumladan, farzandlikka olingan oila a'zolari) mol-mulki, daromadlari va xarajatlari har yillik deklaratsiyalaş yöli bilan nazoratga olinişi rejalaştirilmoqda.
Deklaratsiya davlat xizmatçisining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan elektron şaklda topşiriladi. Qayd etilişiça, deklaratsiyada körsatilgan ma'lumotlar maxfiy hisoblanadi va «Şaxsga doir ma'lumotlar töğrisida»gi qonun bilan himoya qilinadi.
Boş prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamentiga deklaratsiyalarda axborotning işonçliligi va töliqligini tanlab nazorat qiliş huquqini beriş rejalaştirilgan. Davlat soliq qömitasi davlat xizmatçilari va ularning oila a'zolarining daromadlari, mol-mulki va xarajatlari töğrisidagi ma'lumotlarni öz içiga olgan ma'lumotlar bazasining operatori vazifasini bajaradi.
«Davlat xizmatçilari tomonidan daromad, mol-mulk va xarajatlar töğrisidagi deklaratsiyani taqdim etmaslik, yoxud ular tomonidan mol-mulk, daromad va xarajatlar töğrisida töliq yoki noaniq ma'lumotlarni taqdim etiş, agar bunday ma'lumotlarni taqdim etiş majburiy bölsa, u bilan mehnat şartnomasini bekor qiliş yoki işga qabul qilişni rad etiş uçun asos bölib xizmat qiladi», deyiladi hujjat loyihasida.
2020 yildan daromad va mol-mulkini kimlar deklaratsiyalaşi kerak:
- Oliy Majlis Qonunçilik palatasi spikeri, Senati raisi, ularning birinçi va boşqa örinbosarlari;
- Boş vazirning birinçi örinbosari va boşqa örinbosarlari, boş vazir örinbosarlari maslahatçilari;
- Hisob palatasi, Markaziy saylov komissiyasi, Markaziy bank raislari hamda ularning birinçi va boşqa örinbosarlari;
- Vazirlar (davlat qömitalari raislari, respublika davlat boşqaruv organlarining birinçi rahbarlari), ularning birinçi va boşqa örinbosarlari;













