Özbekistonning birinçi xonimi Ziroat Mirziyoyeva qizi Shahnoza Mirziyoyeva bilan Xiva şahriga bordi. Bu haqda Shahnoza Mirziyoyeva Instagram’dagi sahifasida ma'lum qilgan.

Xususan, Ziroat Mirziyoyeva va Shahnoza Mirziyoyeva Içan-Qal'a me'moriy majmuasiga taşrif buyurib, tarixiy obidalar bilan tanişişdi hamda hunarmandçilik rastalarini közdan keçirişdi.

«Ikki sahro, Qizilqum va Qoraqum orasida joylaşgan Xiva şahri - azaldan hayot qaynagan voha durdonasi. Xiva xonligi haqida köp öqiganman, lekin Xivaning özida bölibgina mamlakatimiz öz tarixi bilan naqadar boy va buyuk ekanini töliq angladim!» - deb yozadi Shahnoza Mirziyoyeva.

Uning sözlariga köra, bu yerdagi zamonaviylik va tarix uyğunligi söz bilan ifoda etib bölmas muhitni yaratadi. 

«Xivada har qadamda islom me'morçiligining eng yorqin namunalarini uçratiş mumkin. Uşbu şamolli şaharda qadimiylik ruhini seziş, yurtimiz boy tarixi naqadar uluğvor ekanini his etiş, me'moriy obidalar çiroyidan zavqlaniş mumkin. Xiva havosi kişini maftun qiladi, öziga rom etadi...», - deya öz taassurotlari bilan örtoqlaşgan Shahnoza Mirziyoyeva.