Mustaqil Davlatlar Hamdöstligi sammiti keng doiradagi muzokaralar bilan davom etdi. 

«Davlat rahbarlari mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirişga qaratilgan kompleks masalalarni muhokama qilib, tomonlarni qiziqtirgan xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan fikr almaşdilar. 

Prezident Şavkat Mirziyoyev Özbekiston Respublikasining 2020 yilda MDHga raisligi qöllab-quvvatlangani uçun minnatdorlik bildirib, mamlakatimiz raisligi davomida taşkilot doirasidagi köp tomonlama hamkorlikni kengaytiriş va samaradorligini oşirişga ustuvor e'tibor qaratilişini ta'kidladi.

Hamdöstlikni yanada rivojlantiriş konsepsiyasi va 2030 yilga qadar davrda iqtisodiy rivojlantiriş strategiyasini qabul qilişni jadallaştiriş taklif etildi.

Savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantiriş, erkin savdo zonasi töliq işlaşini ta'minlaş, işlab çiqariş kooperatsiyasini çuqurlaştiriş va uçinçi mamlakatlar bozorini özlaştiriş, agrar soha, energetika va telekommunikatsiyalar tarmoğidagi hamkorlikni kengaytiriş, ilmiy, innovatsion va ta'lim dasturlarini amalga oşirişga alohida e'tibor qaratiladi.

Davlatimiz rahbari ön yilga möljallangan Transport va tranzit yölaklarini rivojlantirişning ustuvor yönalişlarini va Hududlararo hamkorlik konsepsiyasini işlab çiqiş muhimligini ta'kidladi», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida. 

Kelgusi yili Özbekistonda birinçi MDH hududlararo forumi bölib ötadi, şuningdek, MDH savdo-sanoat palatalari rahbarlari kengaşi majlisini ötkaziş, uning doirasida Hamdöstlikning işbilarmonlik taşabbuslari haftaligini taşkil qiliş taklifi bildirildi. 

Şuningdek, axborot xavfsizligi, madaniy-gumanitar hamkorlik böyiça ham qator tadbirlar rejalaştirilgan.

Muzokaralar yakunida hujjatlar imzolandi. 2020 yilda MDHga raislik Özbekiston Respublikasiga ötişi töğrisida qaror, Strategik iqtisodiy hamkorlik töğrisida deklaratsiya, Sovet xalqining 1941-1945 yillar Ikkinçi jahon uruşida qozonilgan Ğalabaning 75 yilligi munosabati bilan MDHga a'zo davlatlar rahbarlarining Hamdöstlik mamlakatlari xalqlari va xalqaro hamjamiyatga murojaati, 2020-2022 yillarda terrorizm va ekstremizmning boşqa zöravonlik körinişlariga qarşi kuraşiş  böyiça hamkorlik dasturi va boşqa hujjatlar qabul qilindi.