Moskva şahri Tergov qömitasi tomonidan «Iste’molçilarning hayoti va soğliği xavfsizligi talablariga javob bermaydigan, ölimga olib kelgan xizmatlar körsatiş» moddasi böyiça jinoiy iş qözğatilgan.
Qayd qilinişiça, politsiya klinikada, şuningdek, «klinikaning amaldagi boşqaruvçisi», ijroçi direktori, boş şifokor, jarroh, assistent va anesteziologning uyida tintuv ötkazgan. Sud-tibbiy ekspertizalari, jumladan, sanitariya-epidemiologiya ekspertizalari tayinlangan.
Qayd qilinişiça, bunga tadbirkor Pyotr Gavrilovning IQ Plastique klinikasida oşqozon rezeksiyasidan söng vafot etgani sabab bölgan. Jarrohlik operatsiyasidan keyin 35 yoşli prodyuserning soğliği yomonlaşgan va u yana klinikaga murojaat qilgan. Şunda unda takroran jarrohlik amaliyoti ötkazilgan. Biroq bemorning ahvoli yomonlaşa boşlagan va şu sababli u boşqa tibbiyot muassasasiga yotqizilgan va u yerda komaga tuşib, vafot etgan.
Tergov davomida IQ Plastique klinikasi benefitsiari Timur Haydarov ekani aniqlangan. Jurnalistlarning yozişiça, hozir bemorlarning köplab boşqa şikoyatlari tekşirilmoqda va sud-tibbiy ekspertiza tayinlangan.
Plastik jarroh Timur Haydarov dastlab Pyotr Gavrilovning öz klinikasida vafot etgani haqidagi xabarlarni rad etdi. Uning ta’kidlaşiça, IQ Plastique oşqozonni rezeksiya qiliş operatsiyalarini bajarmaydi.
Biroq, keyinçalik Haydarov Gavrilovning operatsiyasini IQ Plastique klinikasi şifokori Ilya Yelagin amalga oşirganini tasdiqladi. Uning sözlariga köra, mutaxassis 300 mingdan ortiq şu kabi jarrohlik amaliyotini bajargan.
Advokat Aleksandr Dobrovinskiy sözlariga köra, sodir bölayotgan voqealar Haydarovning obrösiga putur yetkazişga urinişdir.
Avvalroq, bir qança rossiyalik yulduzlar Timur Haydarov tomonidan amalga oşirilgan plastik operatsiyalar sifati böyiça şikoyat qilişgan edi. Jumladan, xonanda Slava (Anastasiya Slanevskaya) Haydarov operatsiyasidan söng, bir yildan ortiq stress holatida yaşaganini va özini közguda köra olmasligini aytdi. Buning sababi yuz terisini tortiş va mammoplastika böyiça muvaffaqiyatsiz operatsiya edi.
Aktrisa Lyubov Uspenskaya ham mammoplastika muvaffaqiyatsiz ötganini, oqibatda turli muammolarga duç kelganini aytdi.
Sobiq bemor, yuz-jağ jarrohi Aleksandr Vdovin unga tahdid qila boşlaganidan söng, Haydarov politsiyaga murojaat qilişga majbur böldi. Vdovin sözlariga köra, Haydarov klinikasida dumba implantatsiyasi operatsiyasi soğliq bilan boğliq jiddiy muammolarga olib kelgan. Vdovin Haydarovdan 10 million rubl tovon puli talab qildi.

















