Bloomberg axborot agentligi avtomobil işlab çiqaruvçi kompaniyalar va avtodilerlar aksiyalariga egalik qiluvçi eng boy odamlar reytingini tuzdi.
Reytingning eng yuqori örnini Microsoft asosçisi Bill Geyts egallamoqda, unga AutoNation avtodilerining 914 mln dollarlik aksiyasi tegişli bölib, bu qiymat Geytsning 105 mlrd dollarlik kapitalining 0,9 foizini taşkil qiladi.
2-örinni Tesla Inc. kompaniyasining ikkinçi eng katta aksiyadori, Oracle asosçisi Larri Ellison egallagan. Unga kompaniyaning 730 mln - 1 mlrd dollarlik aksiyalari tegişli (58,5 mlrd dollarlik umumiy boyligining 1,3 foizi). 3-örinni Tesla boş direktori Ilon Mask egallagan, unga kompaniyaning 8,3 mlrd dollarlik aksiyalari tegişli (22 mlrd dollarlik boyligining 37 foizi).
4-örinni quriliş sohasidagi magnat Pallonji Mistri egallagan. U Tata Motors Ltd. hind kompaniyasining 302 mln dollarlik aksiyalariga ega (19,7 mlrd dollarlik boyligining 1,5 foizi). 5-örinni otasi Gebert Kvandtning BMW’ning 8,76 mlrd dollarlik aksiyalarini meros qilib olgan Syuzanna Klatten egallagan (18 mlrd dollarlik boyligining 48 foizi).
Şuningdek, yetakçi öntalikka BMW aksiyadori Stefan Kvandt (umumiy boyligi14,8 mlrd dollar), Geely Automobile Holding va Zhejiang Geely Holding Group aksiyadori Li Şufu (10,6 mlrd dollar), Continental AG va Schaeffler AG aksiyadori Georg Şeffler (7,99 mlrd dollar), Cox Automotive aksiyadorlari Bler Parri-Okeden (7,84 mlrd dollar) va Jyeyms Kennedi (7,84 mlrd dollar) kirgan.
Ikkinçi öntalikdan kanadalik biznesmen Jyeyms Pattison (James Pattison Group avtodiler, boyligi 6,35 mlrd dollar), amerikalik milliarder Ernest Garsiya (Carvana Co., Drive Time, boyligi 4,93 mlrd dollar), yapon biznesmeni Xiroşi Mikitani (Trust Co Ltd., boyligi 5,87 mlrd dollar), Margaretta Teylor (Cox Automotive, boyligi 5,18 mlrd dollar), Jyeyms Koks Çambers (Cox Automotive, 5,18 mlrd dollar), Ketrin Reyner (Cox Automotive, 5,18 mlrd dollar), malayziyalik milliarder Kvek Leng Çan (Hong Leong Asia Ltd., Hong Leong Industries Bhd., 5,28 mlrd dollar), hindistonlik biznesmen Raxul Bajaj (Bajaj Finance Ltd., Bajaj Auto Ltd., 5,2 mlrd dollar), koreyalik sanoatçi Çon Mongu (Hyundai Motor Co., Hyundai Mobis Co., 4,5 mlrd dollar) va xitoylik milliarder Van Çuanfu (BYD Co., BYD Co Ltd., 4,11 mlrd dollar) örin olgan.












