Tarixan aholining muntazam köpayişi va quriliş uçun yerning yetişmasligi şaharlarda uylarning ensiz va baland qurilişiga olib kelgan. Biroq, BoredPanda naşrining yozişiça, dunyodagi eng ensiz uy boşqa sababga köra qurilgan.

Livan poytaxti Bayrutdagi Al Ba'sa nomi bilan ma'lum bölgan uşbu uy dengiz sohilidagi bir parça yerda qad rostlagan. U eng enli joyida 4 metrgaça, eng ensiz joyida esa bor-yöği 60 smga yetadi. Bunday ğayrioddiy uyni uka akasiga alamzadalikda qurgan.