Adolat ramzining közlari boğlangan, faqat qonunçilik va qölidagi tarozi pallasiga köra iş köradi. Ammo hayot har doim ham kitoblardagidek keçmaydi. Insoniyat tarixida millionlab beayb insonlar jazoga tortilganlar, qamalganlar, qatl etilganlar. Bugun e'tiboringizga 30-40 yillab qamoqda ötirgaç, nihoyat aybsizligi isbotlangan hamda ozodlikka çiqqan odamlar haqida hikoya qilamiz.
Qamoqdagi 18 yillik umr

1996 yilning 31 dekabrida Polşadagi Miloşitse şahrida 15 yaşar qizning jasadi zöravonlik alomatlari bilan topiladi. Qözğatilgan jinoiy iş doirasida Tomaş Komenda qölga olinadi. Aniq dadillar yöqligiga qaramay sud 23 yoşli yigitni 25 yil qamoq jazosiga hukm qiladi.
2017 yilning iyun oyida aynan şu qizning ölimida ayblanib boşqa gumondor ham qölga olinadi va 2018 yilning 14 martida sud Tomaşni oqlaydi. Bu paytga kelib belgilangan 25 yilning 18 yilini panjara ortida ötkazgan Komenda juda maşhur bölib ketadi.
Polşa boş vaziri Mateuş Moravetskiy «heç narsa Tomaşning iztiroblarini söndira olmaydi. Ammo davlat öz adolatini namoyiş qilişi lozim. Şu bois men Komendaga maxsus kompensatsiya belgiladim» – deya bayonot beradi.
Xato tufayli 23 yil

2013 yilda AQŞda Devid Ranta 23 yillik qamoqdan keyin ozod qilindi. Uni 1991 yilda qotillikda ayblaşgandi. Öşanda qimmatbaho toşlarni olib ketayotgan kurerni ömariş çoğida tasodifiy guvoh bölib qolgan ruhoniy Xaskel Versberger otib taşlanadi. Bu işda aybdor qilingan va qamalgan, şunça yil özining beaybligini ta'kidlab kelgan Devid Ranta DNK testlari yordamida begunohligini isbotlaşga erişadi.
27 yillik panjara orti

Amerikalik Valentino Dikson 27 yillik qamoqdan keyin ozodlikka çiqişga muvaffaq böldi. Öşa maş'um keçada Valentino ham iştirok etgan, ammo janjal boşlanişidan oldinroq ketgandi. Mojaro ortidan 17 yaşar ösmir otib taşlandi va bunda Dikson ayblandi. Valentino muqaddam narkotik moddalar saqlagani uçun sudlangani, qolaversa, jinoyat quroli bölgan pistolet aynan unga tegişli bölgani öz işini qildi. Sud Diksonni 39 yillik qamoq jazosiga hukm etdi.
















