Farğona viloyati, Rişton tumani markazida olib borilayotgan buziliş va quriliş işlari oqibatida Dima Qayum taxallusi bilan taniqli Dilşodbek Boltaboyevning «Roşidoniy» xalq kutubxonasi ham buzilgan edi.


Blogerning xabar berişiça, unga xalq kutubxonasi bunyod etilişi uçun yangi qurilayotgan bozor hududidan joy berilgan.
Binoning birinçi ramziy ğiştini qöyiş marosimida Oliy Majlis Senatining Yoşlar, madaniyat va sport masalalari qömitasi raisi Iqbol Mirzo va Rişton tumani hokimi Sufhonjon Soliyevlar iştirok etişdi.

Mutasaddilar aholi, ayniqsa yoşlar örtasida kitob mutolaasi tarğibotini keng yoyiş böyiça öz fikr-mulohazalarini bildirdilar.



Senator Iqbol Mirzo aholi va tadbirkorlar bilan uçraşib, ularni qiynayotgan muammolarni tingladi va mavjud masalalarni yeçim topişi uçun yordam berişini aytdi.











