Joriy yilning 13 oktabr kuni soat 14:40larda 1050 qisqa qutqaruv raqami orqali Andijon viloyati Andijon tumani Nayman MFYda istiqomat qiluvçi fuqarolar tomonidan «Jahon buyum bozori» savdo kompleksi va «Qorasuv» kiyim bozori örtasidan oqib ötgan «Şahrixonsoy» taşlama kanali özanida qizil rangli «Lasetti» rusumli avtomaşina oqib ketayotganligi hamda uning içida haydovçi va yölovçilar mavjud emasligi töğrisida xabar kelib tuşgan.

Olingan tezkor xabar böyiça Andijon viloyati Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi Qutqaruv otryadi navbatçi guruhi zudlik bilan amaliy yordam körsatiş va avtomaşinani soydan olib çiqiş maqsadida hodisa joyiga yetib borişgan.

Voqeaga oydinlik kiritilganda, Andijon şahar Guliston MFYda yaşovçi fuqaro M.U. özining «Lasetti Jyentra» rusumli avtomaşinasini kanal qirğoğiga vaqtinçalik saqlaş uçun qöyib, saqlagiç qöl tormozini kötarmaganligi va erkin holatda soy qirğoğida qoldirganligi oqibatida avtomaşina soyga sirğalib tuşib, oqib ketganligi aniqlangan.

Qutqaruvçilar ehtiyot çoralarini körgan holda, maxsus texnika va qutqaruv vositalari yordamida maşinani soy özanidan zarar yetkazmasdan çiqarib, egasiga topşirdilar.