AQŞning Men ştati universiteti tadqiqotçilari ayni vaqtda dunyodagi eng katta 3D-printerni yaratişdi.
Yangi 3D-printer ölçamlari böyiça avval yaratilgan barça modellarni ortda qoldiradi. Qurilma uzunligi 30 metr, balandligi 3 metr va eni 6,7 metr keladigan obektlarni bosa oladi.
Tadqiqotçilar, şuningdek, uç ölçovli bosmada qöllanişi mumkin bölgan yangi materiallarni yaratiş uçun 20 mln dollar sarmoya jalb qila olişgan. Xususan, 3D-bosmada dastlabki material sifatida Men ştatida örmon köpligi va bu işlab çiqarişni arzonlaştirişi sababli yoğoçni qöllaş taklif qilingan.
Tadqiqotçilar yangi printerlari bilan yaqin orada bozorga çiqib, buyurtmalar olişni boşlaşmoqçi. Ular qurilmaning imkoniyatlarini namoyiş qiliş maqsadida unda qayiq korpusini bosişgan. Ta'kidlanişiça, bu obekt ayni vaqtgaça 3D-printerlarda bosilgan dunyodagi eng katta obekt hisoblanadi. Korpusning uzunligi 7 metrni, oğirligi 2,2 tonna taşkil qiladi va uni bosişga 72 soat talab etilgan.












