«Özbekkonsert» davlat muassasasi tarqatgan press-relizga köra, xonanda Ozoda Saidzoda (Nursaidova) şu yilning 10 oktabr kuni «Özbekkonsert»ga ruxsat beruvçi litsenziya sörab murojaat qilgan. Murojaat yuzasidan 13 oktabr, yakşanba kuni «Özbekkonsert»da san'atkorlar iştirokida davra suhbati taşkil etilgan.
Davra suhbatida xonandaning bundan bir neça yillar oldin siyosiy xatoga yöl qöygani, bilib-bilmay, asoslanmagan ma'lumotlarga işonib, inson şaxsiyatiga teguvçi noörin fikrlar bildirgani, bundan taşqari muxlislarga nisbatan hurmatsizlik qilgani, san'atkor odobi doirasidan çetga çiquvçi harakatlar sodir etgani ustozlar tomonidan qattiq tanqid qilingan.
Xonanda Ozoda Saidzodaning özi ham sözga çiqib, xatolarini tan olib, jamoatçilik orasida özining noörin fikrlarini ijtimoiy tarmoqlar orqali bayon etganidan astoydil puşaymon ekanligini bildirgan, prezident, xalq hamda barça san'atkorlardan uzr söragan.
Barça ustoz san'atkorlarning fikrlari tinglanganidan söng, «Özbekkonsert» davlat muassasasi direktori O.Abduqahorov prezident Ş.Mirziyoyevning san'at ahliga bölgan ğamxörligi, mehribonligi va keçirimliligi bois xonanda Ozoda Saidzoda keçirilgani hamda unga erkin ijod qiliş imkoniyati yaratilganini ma'lum qilgan.
Eslatib ötamiz, qator yillar «taqiq»da bölgan san'atkorlardan Şerali Jörayev, Yulduz Usmonova, Sevara Nazarxon va boşqalar Ş.Mirziyoyev prezident etib saylanganidan söng yana teleekranlar va katta sahnalarga qaytişgan edi.

















