Ozoda Nursaidova klipi jarayonida avariya bölgan aktrisa Turkiyada operatsiya qilinadi - voqea tafsilotlari
|04:03 / 15.03.202559 51210 min
Avtohalokat sabab nogiron bölib qolgan Sabrina Jabborova Turkiyada operatsiya qilinadi. Uning nomiga oçilgan kartaga xayriya mablağlari yiğilyapti. Bu haqda aktrisa öz Instagram sahifasida ma’lumot berib, xonanda Ozoda Nursaidova va Munisa Rizayeva bilan bölgan suhbat videosini joyladi.
Foto: Videodan kadrFoto: Videodan kadr
Ozoda Nursaidovaning klipida suratga tuşiş jarayonida maşina tagida qolgan Sabrina Jabborova operatsiya uçun Turkiyaga olib ketilişi ma’lum qilindi. Bu haqda aktrisaning özi Instagramsahifasida video joyladi. Unda xonandalar Ozoda Nursaidova, Munisa Rizayeva Sabrinani körişga borgani va u bilan suhbati aks etgan.
Aktrisa operatsiya uçun xayriya mablaği yiğilgani va bu uçun odamlardan minnatdor ekanini aytgan.
“Butun dunyo, Özbekistondagilar mening oyoqqa turişim, kasalxona uçun kartamga pul taşlaşyapti. Birinçi navbatda buni kötargan Jasmina opaga rahmat. Davolaniş, operatsiya, oila qurişim, bemalol yurişim va farzand körişim uçun meni qöllab-quvvatlab, pul taşlayapsizlar. Alloh rozi bölsin”, — degan u.
“Köp narsa bölgan ekan, men oqlamoqçi emasman, vaziyat aynan oyoği 7 santimetr uzunligi, operatsiyada muammo borligini xabarlar çiqqandan keyin bildim. Negadir reabilitatsiya bölyapti deb xotirjam bölganman. Bu meni oqlaydigan vaziyat emas. Bu şunaqa notöğri vaziyat. Men xato informatsiya olganman. Bundan bu yoğiga Sabrinaga 2-3 bosqiçli operatsiya qiliş kerak ekan, Munisaga, Jasminga rahmat. Befarq bölmagani uçun xalqimizga rahmat, muşkul operatsiya ekan, qölimizdan kelgança yordam beramiz”, — degan xonanda.
Munisa Rizayeva operatsiya uçun köp şifokorlar bilan gaplaşgani va rad javobini olgani, faqat Turkiyadagi bir professor operatsiyaga rozi bölganini aytgan.
«Şu bilan hammaning Instagram sahifasida karta raqamini qöydik. Xalqimizga rahmat demoqçiman, qançalik boşqaçasizlar baribir, butun dunyodan yaxşi pul yiğildi. Biz biletlar sotib oldik. Heç qanaqa homiylar yöq, kim homiylik qilmoqçi bölsa, Sabrinaning kartasiga taşlaşingiz mumkin», — degan Rizayeva.
Voqea qanday bölgan?
2024 yilning 7 noyabr kuni xonanda Ozoda Nursaidovaning «Dilbarim» qöşiği uçun klip suratga oliş jarayonida baxtsiz hodisa yuz berib, aktrisa Sabrina Jabborovani avtomobil bosib ketgan. Voqea Jabborova öz sahifasida baxtsiz hodisa haqida
Aktrisaning yozişiça, «Mercedes-Bens» G-klass («Gelendvagen») boşqaruvida voyaga yetmagan boşqa aktrisa S.M. bölgan. U ham klipda suratga tuşayotgan bölgan.
«Voyaga yetmagan aktrisa operator va rejissyor Ş.M.ning körsatmasi bilan gaz pedalini bosgan, biroq öşa paytda maşina boşqaruvini yöqotgan. Maşinaning ğildiraklari Sabrina ustidan ikki marta ötib ketdi: oldingi ğildiragi butunlay uning ustidan ötgan, orqa ğildiragi esa qizning ustida aylanib ketgan. Voqea natijasida Sabrinaning tos suyagi singan, boşqa a’zolari oğir jarohat olgan», – deyiladi Jabborovaning Instagram’dagi sahifasida qoldirilgan ma’lumotda.
Unda aytilişiça, jabrlanuvçiga birinçi yordam vaqtida körsatilmagani tufayli köp qon yöqotgan. Keyin uni 4-sonli kasalxonaga olib borişgan, 9 soatlik operatsiyadan söng bemorning hayoti saqlab qolingan. Biroq jarrohlik amaliyoti notöğri bajarilgani natijasida uning çap oyoği öng oyoğidan 7 sm uzunroq bölib, qiz nogiron bölib qolgan.
«Ular bu haqda menga darhol aytmadi, faqat uç oydan keyin ahvolimni ma’lum qilişdi. Şu vaqt içida suyaklarim notöğri bitdi va endi çap oyoğim 7 sm uzunroq. Buni töğrilaş uçun yana tos suyagimni sindirib, qaytadan mahkamlab qöyişadi. Şifokorlarning aytişiça, bunday operatsiya 0,5−1 foiz hollarda uçraydi. Köpinça bunday baxtsiz hodisalarda odamlar halok böladi, lekin men tirik qoldim», - degan qiz keyinroq bergan izohida.
Qarşi taraf fikri qanday?
Sabrina haqidagi xabarlar tarqalgaç, Ozoda Nursaidovaning menejeri Dilmurod Sattorov va klip operatori Şuhrat Mavlonov voqea haqida öz fikrlarini aytib, Instagram sahifasida video joylagan (video hozir tarmoqdan olib taşlangan). Jumladan, Sattorov Ozoda Nursaidova va uning jamoasiga qöyilgan ayblovlardan noroziligini bildirib, qizga öz vaqtida yordam körsatilganini qöşimça qilgan.
«Ozoda opaning klipida bölgan vaziyat haqida hamma turli xil gapiryapti. Bu yerda maqsad boşqa narsa bölgan, bizga uy oldirmoqçi bölişgan, kerak bölsa boşqa narsa qildirmoqçi bölişgan. Ozoda opa u klipda qatnaşmagan, buyurtmaçi sifatida klip olib beringlar deb, biz hozir kimgadir tuhmat qilişga haqqimiz yöq», - degan Sattorov.
Şuhrat Mavlonov esa klipda operator sifatida taklif qilingani, baxtsiz hodisa atayin qilinmagani, qizga yordam körsatilayotganini bildirgan. «Rulda ötirgan qiz bilmasdan qilgan, yaqinda oyoqqa turibdi u qiz, unga yaqingaça kvartirasi, yeb-içarigaça, oyma-oy 500 dollar berilgan. Endi oxirida kelib, uy, maşina talab qilinyapti», - degan Mavlonov.
Dilmurod Sattorov Gazeta.uz’ga bergan intervyusida uning jamoasi «Dilbarim» klipini suratga oliş jarayonida iştirok etmaganini aytgan.
«Biz rejissyor va uning jamoasidan klip suratga olişni buyurtma qildik. Voqeadan xabar topgaç, Ozoda bilan birga darhol maydonga yetib bordik. Voqea joyida tez yordam şifokorlari yordam körsatayotgan ekan. Keyinroq tez yordam maşinasi keldi, men u bilan birga şifoxonaga bordim. U 3−4 soat davomida tekşirildi va operatsiya qilindi», — dedi u.
Uning sözlariga köra, şu kuni Toşkent şahri IIBB tomonidan jinoyat işi qözğatilgan va hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Sattorovning aytişiça, jabrlanuvçi qizning atrofidagilar unga yangi uy sotib olişni muhokama qilişgan, biroq Ozoda Nursaidova bunga rozi bölmagan.
«Uning atrofidagilar yangi kvartira sotib olişni muhokama qilişdi va hatto menga Telegram’da e’lonlar yuborişdi. Ammo biz rad etdik, çunki yakuniy qarorni sud qabul qilişi kerak. Kim aybdorligini qonun belgilaydi», — deya ta’kidlagan u.
Ozoda Nursaidova izohi
Voqea haqida Ozoda Nursaidovaning özi ham videomurojaat çiqardi. U voqeadan afsusda ekanini, qizga birinçi yordam körsatilgani va hozirgaça körsatib kelinayotganini aytgan.
«Operatsiya notöğri qilingan va bir oyoği kalta bölib qolgan deyişdi. Buni ham men OAVdan eşitdim. Yaqinda Sabrina s’yomkalarga borayotganini aytişdi, men eşitib xursand böldim. Mart oyida ham yordamni taşlab keldik. Men muhtoj odamga qöldan kelgança yordam qilganman. Qanday qilib bundan çetda turaman, heç kim çapak çalib ötirgani yöq, tergov ketyapti. Kunlik kvartira pulini tört oy, mana, beşinçi oy tölayapmiz. Uning soğayişi uçun qöldan kelgança yordam beramiz», —degan u.
Ahad Qayum ham sud javobini kutyapti
Hodisa tafsilotlariga köra, Sabrinani bosib ketgan voyaga yetmagan aktrisani suratga oliş maydonçasiga Ahad Qayum olib kelgan. Ahad Qayum ham voqeaga öz munosabatini bildirdi. U agar sud uni aybdor deb topsa, buni qabul qilişini bildirgan.
«4-5 oy davomida Sabrinaning yonida turganman. Ikkinçi operatsiya muammosi kötarilganda, buni summasini aniqlanglar, buni bir özim kötarolmayman, jamoa bilan gaplaşamiz, dedim. Bir kunda 5-6 marta borib, yordam berganman, nega bu masala aytilmayapti. Rulda bölgan qizning şa’niga ham yaxşi gaplar aytilmayapti. Tergov jarayonlari boşlangan. Qonun idoralarimiz 100 foiz meni aybdor deb topadigan bölsa, men javob berişga tayyorman», — degan u.
Onasi şifokorlardan rozi
Sabrinaning onasi qizni operatsiya qilgan şifokorlardan minnatdor ekanini aytib, murojaat yöllagan: «Tez yordam uni Kadyşevadagi 4-sonli şifoxonaga olib borgan. Şifokorlar huşyorlik bilan qizimning hayotini saqlaşga ança harakat qilişgan. 9 soat operatsiya bölgan, suyak öta maydalanib ketgan. Şu maydalanib ketgan suyaklarni terişgan, qonni töxtatib, qizimning hayotini saqlab qolgani uçun ham ulardan minnatdorman. Jonlari soğ bölsin, Salohiddin, Dilşod, hamşiralari Lolaga minnatdorligimni bildiraman. Uyga kelib ham yordam qildi, ulardan xafa emasman. Allohga şukur, qizimni ölim yoqasidan qaytarişdi, Özbekistonda qizimning hayotini saqlab qolişdi», — degan ayol.
Baxtsiz hodisada 2 kişi urib yuborilgan
Voqea haqida Toşkent şahar içki işlar boşqarmasi qöşimça ma’lumot berdi. Unga köra, 2024 yilning 7 noyabr kuni soat taxminan 13:00 larda Mirzo Uluğbek tumani Yangi Özbekiston köçasida joylaşgan avtoturargohlarning birida haydovçi voyaga yetmagan, 2008 yilda tuğilgan S.P. «Mercedes Bens» rusumli, davlat raqam belgisi 01 Q 555 BB bölgan avtomaşinada harakatlanib, 2 nafar piyodani (2003 yilda tuğilgan J.S. va 2006 yilda tuğilgan Ş.E.) urib yuborgan. Natijada jabrlanuvçilar şifoxonaga olib borilgan. Sudga oid tibbiy ekspertizaning xulosasiga köra, fuqaro Ş.E.ning holati oğirlik darajasi böyiça yengil tan jarohati, fuqaro J.S. esa oğir tan jarohati deb baholangan.
«Mazkur holat yuzasidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 1-qismi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalaniş xavfsizligi qoidalarini buziş) bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari tamomlanib, tegişli tartibda sudga yuboriş çorasi körilmoqda», - deyiladi rasmiy xabarda.