UzAuto Motors tomonidan işlab çiqariluvçi Nexia 3 sedani Özbekistonda eng köp sotiluvçi avtomobil modeli böldi. Bu haqda “Özavtosanoat” AJ öz Telegram-kanalida ma'lum qildi.

Xabar qilinişiça, uşbu modeldan yil boşidan  52 176 dona sotilgan. Boşqa modellardan qança sotilgani ma'lum qilinmagan.

Özbekiston Davlat statistika qömitasi ma'lumotlariga köra, 2019 yil yanvar-iyul oylarida UzAuto Motors 147650 dona avtomobil işlab çiqargan, bu esa 2018 yilning şu davriga nisbatan 1,5 barobar köproqni taşkil qiladi. 2018 yilda kompaniya 8 ta modeldagi maşinalardan umumiy hisobda 220 ming dona işlab çiqargan. 2017 yilda bu körsatkiç 135 ming donani, 2016 yilda 85 ming donani taşkil qilgan.

Ta'kidlanişiça, kompaniyaning bir yillik işlab çiqariş quvvati 300 ming avtomobilni taşkil qiladi: Asakadagi zavod yiliga 250 ming dona, Xorazm viloyatidagi filial 40 ming dona, krossover va biznes-sedanlar yiğiluvçi Toşkentdagi filial 10 ming maşina işlab çiqara oladi.