Boris Jonson tvitterida yozgan xabarida «ajoyib yangi kelişuvga erişilgani, bu ikki tomonga ham nazoratni qölga oliş imkonini berişi»ga işonç bildirgan. Ayni vaqtda kelişuv tafsilotlari ma'lum qilinmagan.

Kelişuv 17-18 oktabr kunlari ötkaziladigan sammitda tasdiqlanişi kutilmoqda, keyin uni 19 oktabr kuni Britaniya Jamoalar palatasining navbatdan taşqari yiğilişida tasdiqlaşlari kerak böladi.

Lekin britan parlamenti yana bir bor boş vazirning irodasiga qarşi çiqişi mumkin: Jamoalar palatasida Boris Jonsonning muxoliflari köpçilikni taşkil etadi. Şu tufayli YeIda çiqiş böyiça yangi variant ham qaytarilişi mumkin.

Britaniyaliklar 2016 yil yozida bölib ötgan referendumda Yevropa Ittifoqi tarkibidan çiqiş uçun ovoz bergan edi. Şundan söng mamlakat parlamenti va qiroliça Yelizaveta II jarayonni ma'qullaşini bildirgandi.

2018 yilning 15 noyabr kuni Britaniya Vazirlar Mahkamasi Yevropa Ittifoqidan çiqiş töğrisidagi bitimni qabul qilgan. Muhokama qilinganidan söng «Brekzit» masalalari böyiça vaziri va mamlakat mehnat vazirining iste'foga çiqqan. 15 yanvarda Parlament quyi palatasi Tereza Meyning Yevropa Ittifoqidan çiqiş rejasini rad etgan. Keyinçalik Tereza Mey ham iste'foga çiqişga majbur bölgan.

Avvalgi kelişuvga köra, Buyuk Britaniya 31 oktabr kuni Yevropa Ittifoqini tark etişi közda tutilgandi.

YeI va Buyuk Britaniya birlaşgan qirollik ittifoqni tark etganidan keyin savdo va moliyaviy hamkorlik masalasi qanday bölişi böyiça kelişuvga erişa olmayapti. Bunday kelişuvsiz ittifoqdan çiqiş ikki tomon uçun ham jiddiy iqtisodiy yöqotişlar olib kelişi mumkin.