«Brekzit» böyiça muzokaralar çoğida Rossiya razvedkasi irlandiyalik siyosatçini Kreml agenti sifatida yollaşga muvaffaq böldi, u foş bölişiga qaramay, nafaqat ozodlikda, balki Irlandiya parlamenti a’zosi ham bölib turibdi. Bu haqda 6 oktyabr, yakşanba kuni The Sunday Times gazetasi razvedka xizmatlaridagi manbalarga tayanib yozdi.
Naşrning ta’kidlaşiça, gap kim haqida ketayotgani ma’lum, ammo «yuridik sabablarga köra» siyosatçining nomi oşkor etilmaydi, u maqolada «Kobalt» taxallusi bilan tilga olingan.
The Sunday Times naşrining yozişiça, u 2019-2022 yillarda Dublindagi Rossiya elçixonasida yaşirin işlagan rossiyalik josus Sergey Prokopev bilan uçraşgan. Maqolada Moskva va Dublin örtasidagi ziddiyat kuçaygan davrda yollaşning maqsadlaridan biri Britaniya, Irlandiya va YeI örtasidagi munosabatlarga putur yetkaziş deb ataladi.
Xavfsizlik rasmiylarining fikriça, Rossiyadan heç qanday pul mukofoti olmagan Kobalt «asal tuzoği»ga tuşib qolgan – duşman razvedkasi xodimi jabrlanuvçini jinsiy aloqaga jalb qiliş amaliyoti doirasida yollangan. Naşrning qayd etişiça, Kobalt va ayol agent örtasidagi bir neçta uçraşuvlar qayd etilgan, biroq u heç qanday qonunni buzmagani uçun çora körilmagan.
The Sunday Times gazetasi tanişib çiqqan parvozlar haqidagi ma’lumotlarga köra, Kobalt Rossiya razvedka xizmatlari erkin faoliyat yuritadigan Yevropa Ittifoqidan taşqaridagi mamlakatlarga sayohat qilgan. Şunday qilib, uning uşbu xorijiy safarlari davomida tutib olingan internet-faolligi tarixi siyosatçiga qarşi ayblov dalillarini taqdim etişda rol öynagan deb taxmin qilinadi.

















