Soğliqni saqlaş vazirligi matbuot xizmati xabar berişiça, 16 oktabr kuni soat 08:28da Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazi Qarşi filiali tez tibbiy yordam stansiyasi Call-markaziga qönğiroq qilgan fuqaro Qarşi şahri, Depo köçasi 28-uyda yaşovçi,1967 yilda tuğilgan Ş. G. huşidan ketgani uçun «tez yordam» çaqirgan. Soat 8:36da çaqiriq joyiga vraç A.B., feldşer S.N. hamda haydovçi Ğ.R.dan iborat «Tez yordam» brigadasi jönatilgan va ular manzilga zudlik bilan soat 08:42da yetib borgan. Ammo öşa xonadonda jam bölgan kişilar tez tibbiy yordam xodimlarini şaxsiyatga tegadigan haqoratli gaplar bilan kutib olişgan.
Vraç va feldşer xonaga kirganida bemor yonboş yotgan, qöllari va oyoqlari bukilgan holatda bölgan. Vraç qon bosimini ölçaş uçun uning qölini töğrilaşga uringanida qöli muzlaganini sezgan. Şundan söng şifokor darhol bemorning böynidagi tomir urişini aniqlaşga harakat qilgan. Tomir urişi sezilmagan, bemor nafas ham olmagan, köz qoraçiğining yoruğlikka ta'siri tekşirilganida esa umuman reaksiya bölmagan.
Şundan söng şifokor biologik ölimni qayd etgan. Bu haqda yonida turgan feldşerga ma'lum qilgan. Buni eşitgan orqada turgan ikki erkak kişi feldşer S.N.ning beliga tösatdan kuçli zarb bilan qattiq tepgan. Ayol kişi bölişiga qaramasdan, vraç A.B.ni ham bir vaqtning özida qattiq kaltaklaşgan. Natijada, feldşer voqea joyida huşidan ketgan, vraç esa jiddiy tan jarohati olgan.
«Tez yordam» haydovçisi öşa uyda bölganlardan biri kömagida şifokor va feldşerni maşinaga olib çiqib, RŞTYoIM Qarşi filialiga olib kelgan. Mutaxassislar körigi va standart tekşiruvlarda feldşer S.N.ga yopiq boş miya jarohati, boş miya çayqalişi, kökrak, orqa va bel, boş ensa sohasi yumşoq töqimasi lat yeyişi, vraç A.B.ga yopiq boş miya jarohati, boş miya çayqalişi, yumşoq töqimalarning lat yeyişi taşxisi qöyilgan. Ular ayni paytda RŞTYoIM Qarşi filialining neyroxirurgiya bölimida davolanyapti.
Çaqiriq bölgan xonadondagi marhumning jasadini uning yaqinlari özlarining avtomaşinasida RŞTYoIM Qarşi filialiga özlari olib borişgan. Reanimatsiya bölimi şifokorlari u taxminan bir soatça avval vafot etganini tasdiqlagan. Şundan söng şifoxona ma'muriyati içki işlar bölimiga xabar bergan. Ayni paytda huquqni muhofaza qiliş idoralari voqea tafsilotlarini örganmoqda.
«Şu örinda biz ham vaziyatga izoh berib, şuni aytişimiz mumkinki, «tez yordam» brigadasi çaqirilgan manzilgan keçikmasdan bor-yöği 6 daqiqada yetib borgan. Har qanday holatda ham yaxşilik qiliş umidida xonadoniga kirib kelgan va öz xizmat vazifasini vijdonan bajarayotgan şifokorga qöl kötariş, tajovuz qiliş, unga tan jarohati yetkazişni aslo oqlab bölmaydi. Bu insoniylikka, xalqimizning yaxşilikka yaxşilik bilan javob qaytarişdek ezgu qadriyatlariga aslo töğri kelmaydi.

















