Sirdaryo viloyatining Yangiyer va Baxt şaharlari, Mirzaobod tumanida xorijga çiqiş pasportlarini rasmiylaştiriş uçun ma'lumotlarni yiğiş böyiça qöşimça yiğiş punktlari oçildi. Şu vaqtga qadar, bunday punkt Sirdaryo viloyati IIB MvaFRBda faoliyat yuritayotgan edi.
Bugungi kunga kelib Sirdaryo viloyatida xorijga çiqiş pasportini rasmiylaştiriş uçun taşkil etilgan ma'lumotlarni yiğiş punktlari quyidagi tarzda taqsimlanib, aholiga xizmat körsatmoqda:
Sirdaryo viloyati IIB MvaFRBda
- Guliston şahar va Guliston tumani aholisiga
Sirdaryo tumani Baxt şahar IIB MvaFRBda
- Sirdaryo tumani, Sayxunobod tumani va Baxt şahri aholisiga
Yangiyer şahar IIB MvaFRBda
- Yangiyer, Şirin şaharlari va Xovos, Boyovut tumanlari aholisiga
Mirzaobod tuman IIB MvaFRBda
- Mirzaobod, Oqoltin va Sardoba tumanlari aholisiga
Ma'lum qilinişiça, joriy yil oxirigaça viloyatning barça şahar-tuman IIB MvaFRBlarida xorijga çiqiş pasportini oliş uçun ma'lumotlarni yiğiş punktlari oçilişi rejalaştirilgan.

















