Elektr narxining hadeb oşib ketaverişidan xunob bölyapsizmi? Solar Nature siz uçun har tomonlama qulay taklifni taqdim etadi. Tejamkor, qulay, zararsiz energiyadan qulay narxlarda foydalaniş imkonini beruvçi Solar Nature MÇJ 2014 yildan beri Özbekiston hududida tiklanuvçi energiya manbalarini tatbiq qiliş bilan faol şuğullanib keladi. Mutlaqo zararsiz, ekologik toza, va eng muhimi, bepul bölgan quyoş nurlarini qöllaş orqali istagança energiyadan foydalanişingiz mumkin.
Solar Nature sizga quyidagi turdagi mahsulotlarni taqdim etadi:
- Quyoş fotoelektrik stansiyalari;
- Quyoş suv isitkiçlari;
- Şamol elektrostansiyalari;
- Quyoş energiyasi bilan işlovçi köça çiroqlari.
Nima uçun aynan Solar Nature? Çunki...
Solar Nature quyoş panellari – işonçli va qulay
Taqqoslab köring: quyoş panellarini xarid qiliş va jihozlaş uçun bir marta xarajat qilasiz. Ammo ularning xizmatidan keyinçalik butun umr, çeklovlarsiz foydalanişingiz mumkin. Ortiqça xarajatga ham, elektr energiyasini iqtisod qiliş haqida boş qotirişga ham hojat yöq.
Quyoş batareyalari iste'molga kirib kelganidan beri öz tarixi mobaynida har tomonlama qulay va tejamkor ekanligini isbotladi. Unda qöllaniladigan fotoelementlar kosmik dasturlarda, sun'iy yöldoşlar uçun energiya manbai sifatida ham işlatiladi. Agar fotoelementlar bölmaganida kosmosda yöldoşlarni tuzatiş nafaqat qiyin, balki mutlaqo imkonsiz bölardi.

Solar Nature quyoş panellari – zararsiz
Quyoş batareyalari elektr manbai sifatida muqobil manbalardan, ya'ni quyoş energiyasidan foydalanadi. Şu bois ular ekologik toza, xavfsiz hisoblanadi. Quyoş batareyalarining işlaşi davomida organik yoqilği qöllanilmaydi, şuningdek, qisiş, yoqiş kabi atmosferaga zarar yetkazadigan jarayonlar keçmaydi. Şu bois quyoş batareyalari atrof-muhitga ham, inson organizmiga ham heç qanday zarar yetkazmaydi.
Solar Nature quyoş panellari – siz uçun ma'qul hajm
Quyoş panellarida qöllaniluvçi fotoelektrik tizimda moslamalarning hajmi turliça bölişi mumkin – bu mijozning elektrga bölgan ehtiyojlaridan kelib çiqadi. Moslamalar modulli tuzilmaga egaligi bois mijozning talabiga köra tizimni individual tarzda moslaştiriş, kengaytiriş yoki ixçamlaştiriş mumkin.
















