Quyoş elektr stansiyalari örnatib beruvçi SOLAR NATURE kompaniyasi qayta tiklanuvçi energiya manbalari orqali energiya işlab çiqariş yeçimlarini taqdim etadi. Kompaniya iste’molçilar bilan individual iş olib boradi. Avvalo loyihalaştiriş, tayyorlaş, örnatiş, işga tuşiriş va 5 yilga kafolat servisini taqdim etadi, şuningdek har bir iste’molçi haqida monitoring yuritadi. Kompaniya rahbari Farrux Asralxöjayevning aytişiça, xonadonlardan tortib yirik korxonalargaça bunday imkoniyatdan keng foydalanişi mumkin:
“Quyoş elektr stansiyalari turlariga qarab xonadonlar uçun ham möljallangan. Bu mini-stansiyalarni iste’molçining özi örnatişi ham mumkin. Ammo katta stansiyalarni örnatişdan avval elektr bilan ta’minlanişi kerak bölgan joy örganiladi va şunga asosan loyihalaştiriş işlari boşlanadi. Undan keyin quriliş işlarida metall karkaslar ustida işlanadi. Sönggi bosqiç – stansiyani işga tuşiriş hisoblanadi. Har bir bosqiç alohida mutaxassislar tomonidan bajariladi”.

Kompaniya öz mahsulotlari sifati uçun kafolatni ta’minlaş maqsadida sifatli va zamonaviy materiallarni tanlagan. Yangi texnologiyalar asosida ommalaşgan, samaradorligi yuqori hisoblangan monokristall panellardan foydalaniladi.

Şuningdek, quyoş elektr stansiyasining “yuragi” hisoblangan HUAWEI invertorlar esa Photomate kompaniyasi tomonidan yetkazib beriladi. Çunki bu turdagi invertorlar sifat jihatidan kafolatlangan sanaladi.

Ayni paytda muqobil energiya turlariga ötişga bölgan ehtiyoj çekka hududlarga elektr energiyasini yetkaziş uçun mazkur stansiyalardan foydalanişga talabni yuzaga keltiradi. Bu borada Özbekiston Respublikasi prezidenti qarori bilan stansiyalar uçun subsidiyalar oliş va bölib tölaş imkoniyatlari berilgan.

“Biz öz mahsulotlarimizga 3 yildan 5 yilgaça kafolat va bepul servis xizmati körsatamiz. Muntazam ravişda monitoring asosida kuzatib boramiz. Iste’molçilardan esa örnatilgan panellar samaradorligini oşiriş uçun undagi çanglarni tozalab turiş talab qilinadi xolos. Bu bir yilda 3-4 marotaba amalga oşirilişi kerak.

















