Ma'lum bölişiça, keça 16 oktabr kuni Toşkentda ötkazilayotgan musobaqa vaqtida murabbiylar va hakamlar örtasida ommaviy muştlaşuv sodir bölgan. Bir neça daqiqa davom etgan janjalni içki işlar xodimlari tinçitgan.
Uşbu muştlaşuv tasvirlangan video xabar.uz saytida e'lon qilindi. Videoni olayotgan mobil reportyorning gapidan janjallaşayotganlarning yuzlari qon bölganini payqaş mumkin. Kun.uz muxbiri voqea borasida ma'lumot oliş uçun Özbekiston karate federatsiyasi bilan boğlandi. Federatsiya xodimi voqea yuzasidan xizmat tekşiruvi ötkazilayotgani sabab ma'lumot bera olmasligini, barça aybdorlar aniqlangaç, OAVga xabar qilinişini aytdi.
Ma'lumot uçun, bugun 17 oktabr kuni karate böyiça Özbekiston milliy jamoasiga yangi murabbiy tayinlandi. Endilikda özbekistonlik karateçilar 2020 yil Tokioda ötkaziladigan olimpiada yöllanmasini qölga kiritiş uçun eronlik Şahob Sultoniy murabbiyligi ostida şuğullanadi.

















