Bugun, 18 oktabr kuni Toşkent şahrida Adliya vazirligi taşabbusi bilan taşkil etilgan «English Law Day in Tashkent» («Toşkentda ingliz huquqi») xalqaro konferensiyasining ikkinçi kuni «Özbekistonda ingliz huquqini joriy etiş istiqbollari» mavzusiga bağişlandi. 

Unda iştirok etgan Kapital bozorini rivojlantiriş agentligi rahbari Otabek Nazirov Özbekistondagi kapital bozoridagi ahvol haqida gapirdi.

«Kelajakda kapital bozori arxitekturasi qanday böladi? Tabiiyki, biz bu sohada ingliz pretsedent huquqi tajribasini örganişimiz lozim. Bu huquq tizimi kapital sohada, xususan infratuzilma kapital bozorida yuqori samaradorlikka ega.

Ayni kapital bozorining YaIMdagi uluşi 0,5 foiz bölsa, Qozoğistonda 5 foiz hisoblanadi. Kapital bozorimizning 22 foizi, ya'ni 603ta kompaniyaning 132tasi Toşkent fond birjasidan röyxatdan ötgan. Uning 83 foizi davlat uluşiga töğri keladi. 2 foizi xorijiy investorlarga tegişli.

Bizning kapital bozorimizdagi arxitekturani köradigan bölsak, unda 31,2 milliard dollar bank sektorida bölsa, 4,8 milliard dollar kapital bozorida harakatlanmoqda. Davlat xazinasiga tegişli mablağlar, xususan soliqlar, davlat xarajatlari uçun fond ajratiş kabi jarayonlarda 12,7 milliard dollar harakat qilmoqda.

Bizning kapital bozorimizni rivojlantirib bera oladigan yetarliça miqdordagi professional sub'yektlar yöq. Bu soha albatta investitsiya banklari menejyerlari uçun juda kuçli bilim talab qiladi. Moliyaviy bilim uçun köp sonli insonlar tuşuna olmaydigan talablar bölişi lozim. Biz deyarli barça qonun va qarorlarni audit qilib çiqdik. Biz şunday 100ga yaqin qonun va qarorlarning örnini bosadigan kodeks işlab çiqiş topşiriğini oldik. Ötgan hafta prezidentimiz bilan uçraşdik va bizga bu böyiça vazifa va vakolatlar berildi. Hujjat ham özimiz uçun, ham xalqaro sub'yektlar uçun tuşunarli va töliq bölişi aytildi», – deya agentlik rahbarining sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Konferensiyada xorijiy investitsiyalarni rağbatlantirişga hamda Özbekiston iqtisodiyotini rivojlantirişga kömak beradigan huquqiy rejim yaratişda ingliz qonunlarini moslaştiriş va qöllaş imkoniyatlari, sud tizimining ingliz qonunlarini amalga oşirişdagi roli xususida söz bordi. Şuningdek, ekspertlar Qozoğiston, BAA, Qatar va Singapurning ingliz qonunlarini qöllaş borasidagi tajribasini taqdim etişdi. Asosiy e'tibor Özbekiston Respublikasida ingliz huquqi normalarini joriy etiş ahamiyatiga qaratildi.