Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Olmazor tumanida «Imom Termiziy» jome masjidini qayta qurish boshlandi

Islom madaniyati rivojiga hissa qo‘shgan Abu Iso Termiziy va termiziy allomalarning benazir merosini ilmiy asosda chuqur o‘rganish bo‘yicha samarali ishlar amalga oshirilmoqda, deb xabar beradi O‘zbekiston musulmonlari idorasi.

Kecha ana shunday ulug‘ alloma nomi bilan ataluvchi, azim poytaxtning Olmazor tumanida joylashgan «Imom Termiziy» jome masjidiga birinchi g‘isht qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi.




Unda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov boshchilik ulamolar, masjid qavmi va mahalla faollari ishtirok etishdi.



Muftiy hazratlari qurilayotgan masjid qiyomatgacha xizmat qilishini niyat qilib, birinchi g‘ishtni qo‘yib berdilar. Shuningdek, nuroniylar va ezgu niyatda yig‘ilgan qalbi pok insonlar ham birin-ketin poydevorga g‘isht qo‘ydilar.
Ma'lumot uchun, joriy yilning 21 aprel kuni Prezident Olmazor tumaniga qilgan tashrif chog‘ida ushbu jomeni ko‘zdan kechirib, uni qaytadan qurish bo‘yicha ko‘rsatmalar bergan edilar.









Suratlar: O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Mavzuga oid
09:17 / 13.04.2026
Turkiyada O‘zbekiston ko‘magida qurilgan “Buxoro” masjidi ochildi
10:17 / 25.03.2026
272 ta masjidda favqulodda ogohlantirish uskunalari o‘rnatildi
11:22 / 24.03.2026
O‘monda Temuriylar izi topildi: saroy va masjidlarda Samarqand uslubi
17:10 / 08.01.2026