Yaponiyaning yangi imperatori Naruxitoning taxtga ötirişi munosabati bilan 22 oktyabrda ötkazilişi rejalaştirilgan parad Yaponiyaga yopirilgan “Xagibis” töfoni oqibatlari sabablari 10 noyabrga köçirildi. Bunday qaror Yaponiya hukumati yiğilişida qabul qilindi.  

Kyodo axborot agentligining xabar berişiça, imperatorning taxtga ötirişini mamlakat va dunyoga e'lon qiliş marosimi va bu munosabat bilan Yaponiya jamiyatining turli qatlamlari vakillari va xorijiy mehmonlar uçun ötkaziladigan banket avval rejalaştirilgandek 22 oktyabrda bölib ötadi.

Yaponiyada ayni vaqtda töfon oqibatlarini bartaraf etiş böyiça işlar va qidiruv-qutqaruv amaliyoti faol ravişda olib borilmoqda. Töfon 77 kişining hayotiga zomin bölgan. Şu sababli bunday şaroitlarda parad ötkazilişi noörin deb topilgan.

Imperator Naruxito 1 may kuni taxtni egallagandi. Biroq bu munosabat bilan asosiy marosimlarni 22 oktyabrda va noyabrda ötkaziş rejalaştirilgandi.

Tokioda ötadigan paradda Naruxito va uning rafiqasi Mitiko faxriy qorovul hamrohligida oçiq limuzinda 4,6 kmlik trassani ötadilar. Ularni Yaponiyaning minglab aholisi va xorijiy mehmonlar qutlaydi.

Avvalroq Yaponiya imperatorining taxtga ötirişi tantanali marosimida Özbekistondan Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva iştirok etişi ma'lum qilingandi.