«Quruq gap emas, amaliyot birlamçi». Iqtisodiyot böyiça Nobel mukofoti kimlarga, nima uçun berildi?
|00:25 / 19.10.201919 84810 min
Qaşşoqlikka qarşi kuraş böyiça strategik dasturlar yuqori doiralarda, muayyan qolipdagi siyqasi çiqqan gaplar bilan işlab çiqiladi va masalaning tubigaça tuşilmaydi. Nobel mukofotining bu yilgi laureatlari esa qaşşoqlik muammosiga yeçimni qoğozdagi nazariyalardan emas, real hayotiy eksperimentlardan izlaş kerakligini isbotlab berişdi.
Abxijit Banerji, Ester Dyuflo va Maykl Kremer – 2019 yilgi Nobel mukofotining iqtisodiyot böyiça laureatlari. Ular global qaşşoqlikka qarşi kuraşdagi eksperimental yondaşuvlari uçun nufuzli sovringa loyiq körildi.
«Bu iqtisodçilarning asosiy yutuği nimada?» degan savolga Forbes naşri qator mutaxassislardan javob oldi. Ekspertlarga köra, laureatlarning mehnati mahsuli nafaqat ilmiy hamjamiyat, balki köplab mamlakatlar hukumatlari uçun ham muhim ahamiyatga ega.
Hind-amerikalik Abxijit Banerji va fransuz-amerikalik Ester Dyuflo oilaviy juftligi Massaçusets texnologiya institutida iqtisodiyot fanidan dars beradi. Er-xotin Bostonda joylaşgan Abdul-Latifa Jamil nomidagi Qaşşoqlikka qarşi kuraş laboratoriyasini ham boşqarib kelmoqda.
Amerikalik Maykl Kremer esa – Harvard universiteti professori, Qaşşoqlikka qarşi kuraşiş uçun innovatsiyalar institutida ilmiy maslahatçi bölib işlaydi.
Umuman, Nobel mukofotining bir yönalişda birvarakayiga uç kişiga topşirilişi tarixda 7-marta kuzatilyapti. Ester Dyuflo esa iqtisodiyot böyiça bu sovrinni qölga kiritgan tarixdagi ikkinçi ayol böldi.
Illyustratsiya: Niklas Elmehed / The Nobel Prize
Haqiqiy inqilob
«Bu odamlar butun dunyoda iqtisodçilar işlayotgan landşaftni juda sezilarli özgartirib yuborişdi. Ular haqiqiy inqilobni amalga oşirdilar», — deydi Rossiya iqtisodiyot maktabi rektori Ruben Yenikolopov.
«Bu yilgi Nobel mukofoti professional iqtisodçilarga ular «oliy ilm-fan»ni amaliyot bilan maksimum uyğunlaştirgani, ya'ni davlat dasturlari samaradorligiga baho berişgani uçun topşirildi.
Kremer, Banerji va Dyuflo ta'lim va soğliqni saqlaş sohalarida birinçilardan bölib real hayotiy eksperimentlarni ötkazişdi. Şu orqali ular bu – samaradorlikni baholaşning nafaqat ilmiy asoslangan, balki öta effektiv metodi ekaniga barçani – ham ilmiy hamjamiyat, ham hukumatlarni işontirişdi. Bu metodlar qayerda qöllansa, öşa yerda vazifalarning vaqtida bajarilişi körsatkiçi oşadi, suv tozaroq böladi, korrupsiya çekinadi», – deydi Çikago universiteti professori Konstantin Sonin.
Mavzuga oid
Uning tuşuntirişiça, qaysidir islohot yoki davlat dasturi samaradorligini baholaş uçun bu dasturlarning potensial iştirokçilarini «nazorat» va «eksperimental» guruhlariga ajratiş kerak. Rejadagi islohotlarga daxli bölmaganlar «nazorat» guruhiga, islohotlar ta'sirida bölganlar esa «eksperimental» guruhga kiritiladi.
Buni amalda bajariş oson emas, çunki real hayotda «nazorat» va «eksperimental» guruhlarining öz-özidan yuzaga kelişi holatlari kamdan kam uçraydi.
Maykl Kremer ilk tadqiqotlarini 1990-yillarning örtalarida, Abijit Banerji va Ester Dyuflo esa 2000-yillarning boşida Hindiston va Indoneziyada ötkazgan. Ularning barça tadqiqotlari hamma joyda bu kabi guruhlarga ajratiş mumkinligini aniq körsatib bergan. Natijada akademik olimlar va amaliyotçilar keng kölamli loyihalar oqibatlarini baholaş uçun kuçli instrumentlarga ega bölişdi.
«Nobel mukofotini olgan olimlarni birlaştirib turgan inson bu – Abdul Latif Jamildir. U tadbirkor sifatida qaşşoq oilalar va qaşşoqlik muammosini örganayotgan olimlarni qöllab-quvvatlaş bilan şuğullangan.
Latif Jamil «Poverty Action Lab» laboratoriyasiga asos solgan. Bu laboratoriya qaşşoqlik muammosiga yeçim topiş uçun butun dunyo olimlarini öziga jalb qilgan. Taşkilot saytidagi ma'lumotga köra, hozir laboratoriya turli universitetlarda işlovçi 181 nafar professorni özida birlaştirgan. Şu jumladan, Nobel mukofotining iqtisod böyiça 2019 yilgi uç sovrindori ham ayni şu laboratoriyada faoliyat olib borgan.
Ularning uçalasi ham «Poverty Action Lab»ga kelguniga qadar bir narsaga işonç hosil qilib ulgurişgan edi: qaşşoqlik darajasini kamaytiriş böyiça global va milliy strategiyalardan aytarli naf bölmayapti.
Qaşşoqlikka qarşi kuraş böyiça strategik loyihalar yuqori doiralarda, muayyan qolipdagi siyqasi çiqqan gaplar bilan işlab çiqiladi va masalaning tubigaça tuşilmaydi. Ya'ni körilayotgan çoralar konkret oilalarga qadar yetib bormaydi», – deydi Rossiya Oliy iqtisodiyot maktabi Ijtimoiy siyosat instituti direktori Liliya Ovçarova.
«Olimlar bunday dasturlarni real voqelikdan uzilib qolgani uçun tanqid qilib kelişardi. Ilgari soğliqni saqlaş yoki ta'limni rivojlantiriş davlat dasturlarini işlab çiqişda heç kim ularni amaliyotda tekşirib körmasdi, bu esa mazkur dasturlarning samaradorligiga xalaqit qilardi.
Nobel olgan tadqiqotçilar global taraqqiyot maqsadlarini muayyan aniq vazifalarga ajratiş, ularni keng miqyosda tatbiq etişdan oldin amaliyotda samaradorligini tekşiriş va bu kabi yondaşuvlarni hamma joyda qöllaşni taklif etişdi», – deb tuşuntiradi Yenikolopov.
«Tadqiqotçilar aniqlagan yana bir jihat – muayyan oiladagi qaşşoqlik juda köp omillarga boğliq böladi. Bu omillarning kombinatsiyasi hamma yerda har xil. Masalan, soğliqni saqlaş sohasiga pul kiritiş mumkin, lekin bu joyda yöllar bölmasa, tibbiy yordamdan foydalana olmaydigan aholi yaşaş punktlari saqlanib qolaveradi», – deya misol keltirmoqda Ovçarova.
Natijada olimlar eng quyi poğonagaça tuşib, alohida olingan oiladagi qaşşoqlik omillarini aniqlaş kerak, degan xulosaga keladilar.
Ester Dyuflo va Abxijit Banerji / Foto: AP
Asosiy tadqiqotlar
Tadqiqotçilarning har uçalasi eng kambağal mamlakatlardagi qaşşoqlik muammosini hal etişga harakat qilişdi. Maykl Kremer bevosita amaliyotning özida birinçilardan bölib tadqiqot ötkazdi. U 1990-yillarning örtalarida hamkasblari bilan birga ğarbiy Keniyada ta'lim sohasidagi katta tadqiqot dasturini boşladi. Ular qöllab-quvvatlaşning qanday çoralari ta'lim jarayonini yaxşilaşga yordam berişini tekşirişdi.
Olimlarning amaliyotda isbotlaşiça, köp xarajat talab qilmaydigan tibbiy çora-tadbirlar maktablardagi davomat va özlaştirişga katta ta'sir qiladi. Masalan, gijjalardan davolaş – savodsizlikka qarşi kuraşning oson va samarali usullardan biri bölib çiqdi.
«Gelmintozga salomatlik uçun şunçaki yoqimsiz holat, deb qaraladi. Lekin Kremer bu – ança jiddiy muammoligi, şu sababli bolalar yomonroq öqişlari, maktabga kamroq borişlarini körsatib berdi. Va agar bolalar gijjadan davolansa, ularning salomatligi yaxşilanibgina qolmay, bilim darajasi ham ösadi», – deydi Yenikolopov.
Kremer yiliga bor-yöği 3,5 dollar turadigan vaksinatsiya – bolalarni maktabga borişga undaşning boşqa usullaridan samaraliroq ekanini isbotlab berdi.
Banerji va Dyuflo oilaviy juftligiga kelsak, ular – «Qaşşoq iqtisodiyotlar: global qaşşoqlikka qarşi kuraşiş usullarini radikal qayta körib çiqiş» («Poor Economics: A Radical Rethinking of the Way to Fight Global Poverty») nomli maşhur kitob muallifi sanalişadi.
Kremerga öxşab, ular ham ta'lim dasturlarining samaradorligini qaşşoq mamlakatlar, xususan, Hindistonda örganişdi. Ular dars jarayoniga ta'sir körsatiş ta'lim sifatini yaxşilaşini aniqlaşdi. Aynan ular özlaştirişdan orqada qolayotgan bolalarning repetitorlar bilan qöşimça darslari katta ijobiy natijaga egaligini körsatib berdilar.
«Şuningdek, Banerji va Dyufloning ta'limda, aksinça, nimalar befoyda ekani borasidagi qiziqarli tadqiqotlari ham bor. Masalan, Hindistonda katta muammo mavjud – maktab öqituvçilari maoş olişadi, biroq darslarga kelişmaydi. Tadqiqotçilar ana şu holatda xodimlarni rağbatlantirişning amalda iş berişi kerak bölgan oddiy usullari «ötmasligini» körsatişdi. Bu – ularning unçalik ham maşhur bölmagan, biroq amaliy tomondan ahamiyatli tadqiqotlaridan biridir», – deya hikoya qiladi Yenikolopov.
Harvard universiteti professori Maykl Kremer
Foto: Luke MacGregor / Bloomberg
Amaliyotda qöllaş
Kremer, Banerji va Dyufloning tadqiqot işlari katta amaliy ahamiyatga ega. Uçalasi ham rivojlanayotgan mamlakatlarda izlaniş olib borgan bölsa-da, bu tadqiqotlar natijalarini rivojlangan iqtisodiyotlar ham özlaştirdi.
«Endilikda ularning yondaşuvlarini butun dunyoda qöllaşyapti, barça yangi ğoyalarni amaliyotda sinovdan ötkazişga harakat qilişmoqda. Biroq afsuski, bu yondaşuv Rossiyada deyarli qöllanilmaydi», – deya xulosa qiladi Yenikolopov.
«Evaluation system, ya'ni qaşşoqlikni qisqartiriş siyosatini baholaş tizimi – ularning asosiy yutuği böldi. Qaşşoqlikning sabablari bilan kuraşiş zarur. Ular qaşşoqlikka qarşi çoralarning muayyan oilalarga ta'sirini qanday qilib baholaş kerakligini örgana olişdi», – deya qöşimça qiladi Ovçarova.
Şvetsiya Qirollik akademiyasining ma'lumotlariga köra, sovrindor iqtisodçilar va ular izdoşlarining işlanmalari qaşşoqlikka qarşi kuraşişda allaqaçon öz samarasini körsatib ulgurdi.
Masalan, Hindistondagi 5 milliondan ortiq bola Banerji va Dyuflo tadqiqotlari sababli korreksion ta'lim dasturlarini tamomlay olişdi. Kremerning köplab mamlakatlardagi taşabbuslari tufayli maktab yoşidagi bolalar kasalliklarini davolaşga subsidiyalar ajratila boşlandi.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi