Bugun, 18 oktabr kuni Özbekiston yozuvçilar uyuşmasida «Özbek tilşunosligining dolzarb muammolari» mavzusida ÖzFA özbek tili, adabiyoti va folklori instituti, Yozuvçilar uyuşmasi, Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan ilmiy-nazariy konferensiya taşkil etildi.
Konferensiyada sözga çiqqan prezident maslahatçisi Abdujabbor Abduvohidov va Fanlar akademiyasi prezidenti Behzod Yöldoşev Davlat tili töğrisidagi qonunning öşa davrda qançalik qiyinçilik bilan bölsa-da qabul qilinişi töğri bölganini ta'kidlab, soha olimlariga ilmiy izlanişlarida muvaffaqiyatlar tiladi.

Qonunlar rus tilida yozilib, özbek tilida tarjima qilinmoqda
Konferensiya yalpi majlisida şuningdek, tilşunos olimlarning ma'ruzalari tinglandi. Filologiya fanlari doktori Şuhrat Köçimov «Mustaqillik davrida özbek tili rasmiy iş uslubi va uning taraqqiyoti» ma'ruzasida özbek tilining rasmiy iş uslubi eng nozik jihatlaridan, oğriqli nuqtalaridan ekanini aytib ötdi. Bu sohada bir qança işlar, jumladan, ayrim atamalar özbekçalaştirilgani, devonxona hujjatlari özbek tilida yuritilişi qayd etildi.
Şu bilan birga, ba'zi qonun hujjatlari rus tilida yozilib, keyin özbek tiliga tarjima qilinayotgani kamçilik sifatida ta'kidlandi.
«Qonunlar albatta davlat tilida işlab çiqilişi, davlat tilida muhokama qilinişi va davlat tilida qabul qilinişi kerak», — deya Şuhrat Köçimovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Bundan taşqari, yuridik terminlarda sinonimik holat kuçayib ketayotgani ham aytib ötildi. Misol uçun, rus tilidagi «ispolnitelnaya vlast» birikmasi «ijro hokimiyati», «ijro etiş hokimiyati», «ijro etuvçi hokimiyat»; yoki «pokazaniye» sözi «körsatuv», «körsatma»


















