Joriy yilning dekabr oyida Oliy Majlisning Qonunçilik Palatasi, Xalq deputatlari viloyat, tuman va şahar Kengaşlariga saylovlar bölib ötadi. Odatda siyosiy jarayonlarda özlarini sezdirmaydigan Özbekistonda mavjud beşta partiya bugungi kunda ança faol. Turli tadbirlar uyuştirişmoqda, saylovoldi tarğibotga e'tibor bermoqdalar.
Ana şunday qizğin kunlarda muştariylar va özimizni qiziqtirgan savollarga javob topiş maqsadida Tadbirkorlar va işbilarmonlar harakati – Özbekiston Liberal-demokratik partiyasi ÖzLiDeP Siyosiy kengaşi ijroiya qömitasi raisi Aktam Hayitov bilan suhbatlaşdik.
— Çindan ham şunday. Ijtimoiy sörovnomalarda ham xalqimizning bu boradagi bilimi yetarli emasligi öz isbotini topgan. Buni bartaraf etişning yöli bitta – tarğibot-taşviqot işlarini kuçaytiriş, partiyalar dasturlari bilan yaqinroq taniştiriş. ÖzLiDeP misolida aytadigan bölsam, yopiq eşiklar ortida ötkaziladigan tadbirlar öz samarasini bermasligini allaqaçon anglab yetganmiz. Mana, hozir ham tadbirdan kelyapman. Imkon qadar eng quyi böğinlar, tadbirkorlar, fermerlar, işbilarmonlar, ziyolilar, yoşlar, xotin-qizlar, hayotda, işda katta tajriba orttirgan insonlar bilan işlayapmiz. Bir narsani işonç bilan ayta olamanki, ÖzLiDeP xalqimiz köproq taniydigan va uyma-uy, mahallama-mahalla yurib, aholimizni qiynayotgan muammolarini yeçişga kömaklaşayotgan, amaliy işlar partiyasidir.

— Koalitsiyalar tuziş böyiça xorij tajribasi bizda qöllanilişi mumkinmi?
— Xorijda kiçik partiyalar özaro birlaşadi yoki yirik partiya qanotiga kiradi. Bizda ham bunday tajriba qöllangan. Oldingi saylovlardan keyin hukumatni şakllantiriş uçun koalitsiya tuzilgan. Bundan taşqari, qandaydir yirik strategik masalalar, umumxalq davlat dasturlari ustida iş olib borilganida özaro manfaatli hamkorlik qilinadi.
— Aktam Hayitovga munosib raqib...

















