Buyragi almaştirilgan bemorlar va Soğliqni saqlaş vazirligi örtasidagi dori mojarosi qanday yeçim topadi?
|05:44 / 20.10.201937 82316 min
Buyrak almaştirgan bemorlar Soğliqni saqlaş vazirligi tomonidan berilayotgan, ahvolni oğirlaştiruvçi «Roligraf» dori vositasi örniga şu paytgaça qabul qilib kelingan va asoratsiz «Pangraf» dorisini berilişini talab qilişmoqda.
Özbekistonda buyragi almaştirilgan bemorlar soni 600 nafardan ortiq. Ular immunitetni pasaytiruvçi dori vositalarini muntazam qabul qilişlari kerak va bu dorilar Soğliqni saqlaş vazirligi tomonidan bepul ta'minlanadi.
Ammo joriy yil avgust oyidan boşlab bemorlarga taklif etilayotgan «Roligraf» dori vositasini köpçilik qabul qilişni istamay, örniga şu paytgaça qöllanilib kelingan «Pangraf» dorisi berilişini talab qilişmoqda.
Bahs-munozaralar bir neça oydan beri davom etib kelmoqda. Bu orada bemorlar bir neça marta vazirlik qoşida töplanib, öz noroziliklarini namoyiş qilişgan, talablarini bildirişgan.
Ularning sözlariga quloq tutilsa, aksariyatlari «Roligraf» dori vositasini qabul qila boşlaganlari uçun ahvollari oğirlaşganini aytadilar. Yangi vosita örniga şu paytgaça qabul qilib kelingan va asoratlarini bildirmagan «Pangraf» dorisini berişlarini söraşyapti. Bemorlarning mutlaq köpçiligi asoratlar haqida eşitişlari bilan bu dorini içişni töxtatişgan. Içib körib, natijasini kuzatişga qörqişgan ham. Çunki ular kimningdir buyragi bilan hayot keçirayotgan, öz ta'birlari bilan aytganda «narigi dunyo ostonasiga borib qaytgan», öz tanalari ustida tavakkal qila olmaydigan insonlar bölib, har bir doriga hadik bilan qaraşlarini tuşuniş mumkin.
Bu masala böyiça munozaralar kuçaya borib, ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy tarmoqlarda qator çiqişlar bölganidan keyin, SSV binosi oldidagi bir neça marta yiğilişlardan söng vazirlik 7 oktabr kuni quyidagiça rasmiy bayonotberdi (qisqartirildi):
«Yurtimizda işlab çiqarilgan yoki import qilingan har bir dori vositasining har bir seriyasi sifat nazoratidan ötkazilib, muvofiqlik sertifikati ham rasmiylaştiriladi.
Ta'sir etuvçi moddasi takrolimus bölgan, ta'siri jigar, buyrak yoki yurak allotransplantatlari ajralişi reaksiyasining oldini olişda qöllaniladigan, beşta kompaniya tomonidan işlab çiqariladigan 5 savdo nomidagi dori vositalari hamda törtta kompaniya tomonidan işlab çiqariladigan, ta'sir etuvçi moddasi mikofenolat mofetil saqlovçi 4 savdo nomidagi dori vositalari Özbekiston Respublikasida davlat röyxatidan ötkazilgan bölib, tibbiyot amaliyotida qöllanilişga ruxsat etilgan.
Mavzuga oid
— Ayni paytda bemorlarimizga berilayotgan «Roligraf» dori vositasining tarkibi va ta'sir etuvçi moddasi «Pangraf» dori vositasi bilan bir xil, — deydi Soğliqni saqlaş vazirligi boş transplantologi Uluğbek Yöldoşev. — Yana bir e'tiborli jihati, «Pangraf», «Prograf», «Takrolimus» dori vositalari sutkasiga ikki marta qabul qilingan bölsa, ulardan farqli ölaroq «Advagraf» va «Roligraf» dori vositalarining ta'siri uzaytirilgan bölib, ular sutkasiga bir marta qabul qilinadi, xolos. Eslatib ötamiz, mazkur dori vositalarini öz vaqtida va belgilangan miqdorda iste'mol qiliş tavsiya etiladi...» — degan sözlar bor Soğliqni saqlaş vazirligi Jamoatçilik bilan aloqalar bölimi tarqatgan ma'lumotda.
Ammo bu bayonot ham, vazirlikning keyingi harakatlari ham norozi bölayotgan bemorlarni qoniqtirmadi va 17 oktabr kuni 50 nafarga yaqin bemorlar hamda ularning yaqinlari yana Soğliqni saqlaş vazirligi oldiga töplandilar.
«Bu yerdagi odamlar qaysidir jigarining bir a'zosini olganlar, narigi dunyo ostonasidan qaytgan odamlar. 2 yil yoki 4–5 yil Xudoning bergan umrini yaşab yuribdi. Bizning ustimizda tajriba ötkazib bölmaydi. Bir marta organizmni işdan çiqarsak, qaytib özimizga kela olmaymiz. Buni tuşuniş uçun katta professor böliş şart emas, ön odamda yomon körsatkiç bölgani bizga yetarli», — deydi Ravşan Murodov.
«Mening turmuş örtoğimga 64 yaşar qaynonam bir buyragini bergan. Özi operatsiyaga juda köp xarajat qildik. Kamiga yangi doridan oşqozon-içak tizimi buzilib, kreatini 1000 ga çiqib ketibdi. Hozir yana dializga tuşib qolişi mumkin. Men endi qayerdan pul topaman? Erimning soğligi nima böladi? Oldingi dorida bunaqa muammo bölmagan, berişsin bizga öşa dorini, bizning boşqa talabimiz yöq», — dedi bemor Bahodir Pölatovning ayoli Dilorom Pölatova.
Yiğilganlarning barçasi şu talabni takrorlaşayapti.
Vazirlik mutasaddilari yiğilganlarni köçadan binoga, majlislar zaliga taklif qilişdi. Barçani qabul qilgan vazir örinbosari Bahodir Nizomov sohaga oid mutaxassislarni ham muhokamaga jalb qildi.
Soğliqni saqlaş vazirligi boş transplantologi Uluğbek Yöldoşev oldin aytgan fikrini yana takrorladi va «Roligraf» dori vositasining tarkibi va ta'sir etuvçi moddasi «Pangraf» dori vositasi bilan bir xil ekanligini ta'kidladi.
Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlaştirş davlat markazi bölim boşliği Mukarram Ergaşeva yurtimizga kirib keluvçi har bir dori vositasi singari «Roligraf» ham qator tekşiruvlardan ötkazilganligi, ammo klinik sinovlardan avval ötganligi sabab jahon tajribasiga köra qayta ötkazilmasligi, bu juda köp vaqt va mablağ talab qilişini bildirdi.
— Bu dorilar GMP talablariga muvofiq işlab çiqarilgan. Kerakli klinik sinovlar ötkazilganidan keyingina öz davlatida va boşqa davlatlarda röyxatdan ötkazilib, tibbiyot amaliyotida qöllaşga ruxsat etilgan, — dedi M.Ergaşeva.
Bemorlar bu dori vositasi haqida internetda ham ma'lumot topa olmaganliklari, özlari operatsiya qilingan Hindistonning qator klinikalari, Turkiya, Rossiya va AQŞ kabi davlatlarda ham bu dorini bilişmasligi, işlab çiqaruvçisi ham noma'lumligi böyiça e'tiroz bildirdilar.
Bunga javoban «Roligraf» yetkazib bergan «PharmHealth» firmasi huquqşunosi Şuhrat Qayumov şunday dedi:
— Bu dorining zavodi 1965 yildan beri faoliyat yuritadi. Xorijda bu dorini bilişmayotgani sababi «Roligraf» nomi faqat Özbekiston uçun qöllangan. Tarkibi «Pangraf» kabi aynan takrolimus moddasi. Bu nom bilan faqat Özbekistonda çiqqanligiga sabab insulin bilan bölgani singari bepul berilgan dori vositasining çetga sotuvga çiqarib yuborilişining oldini oliş. Nega «Pangraf»ning özi olib kelinmagani sababi bizning firma tenderda yutgan hamda «Roligraf»ni uç barobar arzon narxda yetkazib bermoqda. Mana, zavod, firmamiz haqida, dori haqida hujjatlarni taqdim etaman.
Berilgan hujjatlarga köra ayni zavodning mahsulotlari Keniya, Nigeriya, Filippin, Şri-Lanka, Kuvayt, Katar, Butan, Lesoto, Zambiya kabi qator davlatlarning Soğliqni saqlaş vazirliklari tomonidan ma'qullangani körsatilgan.
Bemorlarning dorining arzonligi sifatiga kafolat bölmasligi, aksinça, bahosiga uçib, qabul qiluvçilarning hayotini xavf ostida qoldiriş mumkin emasligi böyiça e'tirozlariga vazir örinbosari Bahodir Nizomov şunday javob berdi:
— Tender jarayoni belgilangan tartiblarga muvofiq şaffof ötkazilgan. Biz dori vositasi xarid qilganimizda uning nomini körsatmaymiz. Uning faol moddasi va qöyilgan talablarni bildiramiz. Bu jarayonda narx oxirgi bölib örganiladi va hal qiluvçi ahamiyatga ega bölmaydi.
Bemorlardan biri Qurbon Sultonov quyidagi taklifni bildirdi:
— Mayli, bizning «Roligraf»ga e'tirozimiz yöq, kimga ma'qul böla, organizmi kötarsa içaversin. Lekin bizga töğri keladigan «Pangraf» dorisini ma'lum muddatdan keyin yetkazib berişning iloji bormi? Mayli, biz ikki-uç oy, boringki, tört oy kutaylik. Lekin şundan keyin vazirlik kerakli dorini olasizlar, deb va'da bersin. Bizning boşqa talabimiz yöq.
Soğliqni saqlaş vaziri örinbosari Bahodir Nizomov köpçilik bemorlar qöllab-quvvatlagan bu taklifni örganib çiqiş va javob beriş uçun 24 soat söradi.
Belgilangan muddat ötganidan söng uçraşuvga kelganlarning aytişiça, vazirlik mutasaddilari bu tender bölib ötganligi, endi keyingi tenderda albatta talab qilingan dorilarni xarid qilinişini bildirganlar.
Şu kunning özida Soğliqni saqlaş vazirligining navbatdagi bayonoti e'lon qilindi. Unda şunday sözlar bor:
«BUYRAK TRANSPLANTATsIYaSI ÖTKAZILGAN BeMORLARNING DORI TA'MINOTIDA XAVOTIRGA ÖRIN YÖQ
Keyingi paytlarda ijtimoiy tarmoqlarda buyrak transplantatsiyasi amaliyoti ötkazilgan bemorlarga davlat tomonidan berilayotgan immunosupressor dorilar masalasida turli fikr-mulohazalar bildirilmoqda. Xususan, davlat tomonidan berilayotgan dorilar ba'zi bemorlarning soğliğiga ta'sir etayotgani, «Pangraf» örniga berilayotgan «Roligraf» dori vositasidan bemorlar xavfsirayotgani haqida söz yuritilayapti. Bu boradagi barça murojaatlar Soğliqni saqlaş vazirligi mutaxassislari tomonidan atrofliça örganildi.
Ma'lumki, mamlakatimizda Özbekiston Respublikasining «Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati töğrisida»gi Qonuniga muvofiq, dori vositalarining sifati, samaradorligi va bezararligi tegişli ekspertizadan ötkazilib, örnatilgan tartibda davlat röyxatidan ötkazilgandan sönggina tibbiyot amaliyotida qöllanilişiga ruxsat etiladi. Bundan taşqari, yurtimizda işlab çiqarilgan yoki import qilingan barça dori vositasining har bir seriyasi sifat nazoratidan ötkazilib, muvofiqlik sertifikati ham rasmiylaştiriladi. Jumladan, buyrak transplantatsiyasi ötkazilgan bemorlarga berilayotgan dorilar ham har tomonlama çuqur sinovdan ötkazilgan.
Hozirgi kunda Özbekiston Respublikasida buyrak va jigar köçirib ötkazilgan 664 nafar bemor röyxatda bölib, ulardan 590 nafar bemor takrolimus va mikofenolat mofetil preparatlari bilan davlat tomonidan bepul ta'minlanmoqda. Dori vositalarining öz vaqtida bemorlarga yetkazib berilişiga ham alohida e'tibor qaratilgan bölib, qat'iy nazoratga olingan.
Biroq, keyingi vaqtlarda bunday dorilarni yetkazişda qisqa muddatli uzilişlar bölib, dori zaxirasi kamaydi. Davlatimiz tomonidan bu muammoga öz vaqtida yeçim topişning şoşilinç çoralari körildi.
Şu bois, 2019 yil iyul oyida Soğliqni saqlaş vazirligi immunosupressor dori vositalarini yetkazib beriş böyiça tanlov ötkazdi. Bemorlarni uşbu zarur dori vositalari bilan ta'minlaş «Davlat xaridlari töğrisida»gi Qonunga asosan oçiqlik va şaffoflik tamoyillari asosida amalga oşirildi. Buning natijasida, Soğliqni saqlaş vazirligi va «PharmHealth» MÇJ örtasida Hindistonda işlab çiqarilgan «Roligraf», «Allosept» immunosupressor dori vositalarini xarid qiliş böyiça şartnoma tuzildi. Hozirgi paytda buyrak va jigar transplantatsiya qilingan bemorlarning immunosupressor dori vositalariga bölgan ehtiyoji töliq qoplandi.
Şu örinda aytiş kerakki, «Allosept» va «Roligraf» dori vositalari respublikamiz hududida belgilangan tartibda röyxatdan ötkazilgan va tegişli muvofiqlik sertifikatlariga ega. Roligrafning tarkibi bemorlarga ilgaridan berib kelingan «Pangraf»ning tarkibi bilan mutlaqo bir xil. «Allosept» dorisiga kelsak, u ham ilgaridan işlatib kelinadigan «Maysept» dorisining analog şaklidir. Uşbu dori vositalari zarur işlab çiqariş amaliyoti — GMP talablariga muvofiq işlab çiqarilgan bölib, öz davlatida va boşqa xorijiy davlatlarda röyxatdan ötkazilib, tibbiyot amaliyotida qöllaşga ruxsat etilgan. Şu örinda takror aytamizki, har bir dorivositasi GMP, ya'ni xalqaro talablarga muvofiq işlab çiqarildimi, demak, unga nisbatan şubha bölişi noörin hisoblanadi.
Internet tarmoğida, şuningdek, hozirda Özbekistonda iste'molda bölgan «Allosept» dorivositasi qadoğini xalqaro reyestrlardan topa olmaganliklari haqida ham fikr bildirilgan. Buning sababi şuki, Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 27 oktyabrdagi «Dori vositalarining xavfsizligi töğrisidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlaş haqida»gi qaroriga muvofiq, dori vositasini mamlakatimizda röyxatdan ötkaziş jarayonida uning Özbekistondagi iste'molçiga möljallangan öramining maketi tasdiqlanadi. Şuning uçun uşbu maket boşqa davlatlar reyestriga kiritilişi talab etilmaydi. Har bir mamlakatda mazkur davlat talablariga muvofiq dori vositasi öramining maketi tasdiqlanadi.
Yana bir murojaatda bemorlar «Pangraf», «Maysept» dori vositalaridan «Allosept», «Roligraf» preparatlariga ötişganida iç ketişi, köngil aynişi, holdan toyiş kabi holatlarni boşdan keçirganliklari aytiladi. Ammo, Soğliqni saqlaş vazirligiga bugungi kungaça bu borada biror bir rasmiy murojaat kelib tuşmagan. Bunday murojaatlarga javoban şuni aytişimiz mumkinki, ayni paytda akademik V. Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslaştirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida buyrak transplantatsiya ötkazilgan bemorlar «Roligraf» va «Allosept» immunosupressiv dori vositalari bilan davolanyapti. Bundan taşqari, ayni paytda yurtimizda röyxatga olingan 664 nafar bemordan 278 nafar kişi ham aynan uşbu dori vositalarini iste'mol qilişmoqda. Mana qariyb ikki oydirki, ular aynan şu dorilarni qabul qilayapti, ammo nojöya ta'siri haqida şikoyat bölmadi. Hozirgi kunda Respublika ixtisoslaştirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida ham uşbu dori vositasini qabul qilgan bemorlar soni 30 nafardan ortiq kişini taşkil etadi. Şu kungaça uşbu bemorlarda ham nojöya ta'sir kuzatilgani yöq.
Aslida, heç qanday dori vositasi yöqki, nojöya ta'sir kuzatilmasa. Hatto oldin qabul qilingan dorilarda («Maysept», «Pangraf») ham nojöya ta'sir tez-tez kuzatilib turgan. Bunday holatda darhol şifokor bilan maslahatlaşiş lozim. Agar nojöya ta'sir aynan şu dori vositasidan bölayotgani aniqlansa, dorining dozasini vaqtinça kamaytiriş yoki zarur bölsa boşqa zarur davo muolajalari tavsiya etiladi. Bunday taktik tavsiyalar butun dunyo transplantolog şifokorlari tomonidan deyarli bir-xilda olib boriladi.
Şu örinda bu dorilar haqidagi ma'lumotlarni duç kelgan şifokordan emas, immunosupressant dorilar bilan işlaşni biladigan, bu borada tajribasi, eng muhimi, bunday dorilarni işlatişga yuridik huquqi bölgan şifokorlardan söraşingizni iltimos qilgan bölardik. Aks holda, bu dorilar «noqonuniy sexlarda tayyorlangan» kabi isbot qilinmagan taxminlar yuzaga kelaveradi.
Buyrak transplantatsiyasi amaliyoti ötkazilgan bemorlarning barçasigabir xil dori buyurilişi masalasida ham har xil mulohazalar yuritilayapti. Avvalo, transplantatsiyadan keyingi davrda barça bemorlar immunosupressant dorilarni doimiy ravişda qabul qilib borişi hayoti uçun muhim. Bu yönalişda keng tarqalgan davolaş uslubi uç komponentli sxema bölib, birinçi navbatda aynan tarkibida takrolimus elementini saqlovçi dorilarni berişdan iboratdir. Demak, takrolimusdan taşqari boşqa dorini bera olmaymiz. Aks holda transplantatsiya qilingan azo zararlanib, iş faoliyatini yöqotadi. Takrolimusni qaysidir sabablarga köra bemor qabul qila olmasagina (nojöya tasirlar rivojlangan hollarda), uni faqat tarkibida siklosporin saqlovçi doriga almaştirişimiz mumkin. Dunyo statistikasiga etibor bersak, transplantatsiyani boşidan ötkazgan bemorlarning 80 foizi takrolimusni, qolgan 20 foizi esasiklosporinni qabul qilib keladi.
Xulosa qilib aytganda, bugungi kunda buyrak va jigar transplantatsiya ötkazilgan bemorlarning dori ta'minotida xavotirga örin yöq. Bu borada barça jarayonlar, jumladan, dorilarning sifati, öz vaqtida yetkazilişi va bemorlarning kuzatuvi Soğliqni saqlaş vazirligining qat'iy nazoratida.
Botir DAMINOV, Respublika ixtisoslaştirilgan nefrologiya va buyrak transplantatsiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori
Uluğbek YÖLDOŞeV, Soğliqni saqlaş vazirligi boş transplantologi
Zohid MATKARIMOV, Respublika ixtisoslaştirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi qon-tomir jarrohi, nefrolog».
Mazkur bayonot holat yuzasidan e'tiroz bildirayotgan bemorlarni qoniqtirmasligi aniq. Demak bu masalaga yakuniy nuqta qöyildi, deb bölmaydi. Kun.uz voqealar rivojini kuzatişda davom etadi.