13 oktabr kuni Dubay amirligining taxt vorisi Şayx Hamdan bin Muhammad Ol Maktum boşçiligidagi delegatsiya Özbekistonga taşrif buyurib, Navoiy şahridan qariyb 50 kilometr uzoqlikdagi çöl hududida joylaşgan «Amirliklarning yörğa tuvaloqni asraş markazi» (AYTAM) yaqinida loçinlar bilan ov qilgan edi.

Şayx Hamdan bu haqdagi videolavhani «Tvitter» sahifasida ham e'lon qildi.

Bundan taşqari, şahzoda ov taassurotlari bilan instagram sahifasida ham örtoqlaşib, bir neça fotosuratlarni joylaştirdi. 

Foto: Instagram
Foto: Instagram
Foto: Instagram
Foto: Instagram
Foto: Instagram

Eslatib ötamiz, Şayx Hamdan bin Muhammad Ol Maktum - Dubay amiri Muhammad bin Roşid Ol Maktumning öğli, Dubay amirligining merosxör şahzodasi, 1982 yilda tuğilgan. U juda faol hayot keçirişi bilan maşhur. Uning qiziqişlari doirasi kengligi hammani hayratga soladi. Şahzoda paraşyutda sakraş, suv ostiga şönğiş, baliq ovi, loçin ovi, snoubording, velosport va sportning köplab boşqa turlariga qiziqadi. «Fazza» taxallusi bilan şe'rlar ham yozadi.