AQŞ prezidenti Donald Tramp 2020 yili bölib ötadigan G7 sammitini Floridadagi öziga qaraşli kurort-dala hovlilardan birida ötkaziş fikridan qaytdi. Uning bu ğoyasiga mamlakatdagi har ikkala siyosiy partiya vakillari ham qarşi çiqqan edi.
Tanqidçilar Tramp şu yöl bilan öz lavozimidan foydalangan holda daromad orttirişni közlaganini aytayotgan, Oq uy esa bu iddaolarni rad etib kelayotgandi.
AQŞ yetakçisining tvitterda tuşuntiriça, u demokratlar va matbuot tomonidan bölayotgan «ahmoqona va mantiqsiz adovat» tufayli bu fikridan voz keçgan.
Avvalroq u öziga tegişli koşona golf markazi – Trump National Doral «katta va haşamatli» joyligi, unda «ğoyat mahobatli zallar va muzokara xonalari» borligini aytgandi.

«Trump National Doral`dan foydalanib, mamlakatimiz uçun juda yaxşi iş qilyapman, deb öylagandim. Lekin, har doimgidek, adovatkor OAV va ularning demokrat şeriklari ahmoqlik qilişdi!» – deb yozdi Tramp tvitter mikroblogida.
Oq uy rasmiy vakili Mik Valveynining sözlariga köra, agar sammit prezidentning Mayamidagi golf markazida bölganida, davlat budjetidan millionlab dollar tejab qolingan bölardi. Çunki Trampga tegişli koşona uçun faqat anjumanni ötkaziş xarajatlarining tannarxi tölansa kifoya edi.
Biroq jamoatçilik bu va'dalarga işongani yöq, köpçilik sammit ortidan Trump National Doral baribir pul işlab oladi, degan fikrda edi. Jumladan, Vakillar palatasida keyingi hafta mazkur qarorni qoralaş masalasi ovozga qöyilişi kutilayotgandi.
Ma'lumot uçun, Mayamidagi Trump National Doral – 300 gektardan ortiq maydonni egallagan majmua bölib, unda 5ta golf maydoni, 700 kişilik mehmonxona, konferens-xonalar va dökonlar bor. Donald Tramp uni 2012 yilda sotib olgan.
«Katta yettilik»ning navbatdagi sammiti 2020 yili 10-12 iyun kunlari bölib ötadi. Unda AQŞ, Kanada, Fransiya, Germaniya, Italiya, Yaponiya, Birlaşgan Qirollik hamda Yevropa Ittifoqining oliy darajadagi delegatlari iştirok etadi.












