Avtotransport vositalarida tele va videomonitorlardan foydalanişga ruxsat beriş taklif etilmoqda. Tegişli petitsiya “Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida joylaştirildi.
“Ma'lumki, zamonimiz kundan-kunga rivojlanib bormoqda. Axborot texnologiyalari har bir sohada öz örnini mustahkamlamoqda. Xususan, avtomobillar ham zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlanib, haydovçi va yölovçilar uçun qulayliklar yaratilmoqda”, - deb yozadi murojaat muallifi.
Ta'kidlanişiça, navigator, kuzatuv kameralari hozirda avtotransport vositalari uçun zarur qurilma hisoblanadi. Xususan, “UzautoMotors” avtozavodida yangi avloddagi Tracker, Malibu, Captiva avtomobillarida uşbu qurilmalar zavod tomonidan örnatilgan holda xaridorlarga yetkazilmoqda.
“Lekin boşqa turdagi avtoulovlarda axborot-köngiloçar tizimi faqat auditizim bilan kifoyalangan. Köpçilik haydovçilar öz qulayliklari uçun avtouloviga qöşimça tarzda audiosistema örniga monitorli köngiloçar tizimni örnatişni ma'qul körişmoqda. Şu orqali, navigator tizimidan foydalaniş mumkin bölib, xavfsizlik tizimi uçun ham qulay bölar edi”, - deyiladi petitsiyada.
Yöl harakati qoidalarining 12-bandi 7-xatboşiga muvofiq, haydovçi uçun transport vositasi salonining old qismiga, şu jumladan, priborlar paneliga, quyoş soyaboniga va orqa tomonni köriş közgusiga (faqat taşqi körinişni tasvirga oladigan videokamera, navigator, videoregistratorlardan taşqari, agar ular haydovçiga körinişni çeklamasa) tele, video monitorlar örnatiş taqiqlangan. Mazkur normaning bekor qilinişi barça haydovçilar uçun qulaylik yaratişi aytiladi.
“Yuqoridagilar va ilğor xorijiy davlatlar tajribasini inobatga olgan holda avtotransport vositalarida tele va video monitorlardan foydalanişdagi amaldagi çeklovlar bekor qilinişini taklif qilamiz”, - deya yakunlangan petitsiya.













