Amerikaning Boeing Co aviakonserni AQŞ kongressi va ikkita 737 MAX layneri halokatini örganayotgan federal regulyatorlarga taqdim etilgan xodimlarining yozişmalari tufayli kompaniyaga nisbatan savollar köpayib borayotganidan taassuf bildirdi.
Boeing kompaniyasining sobiq katta sinovçi uçuvçisi Mark Forkner 2016 yilda öz hamkasbiga yozgan maktubida parvozni boşqaruv tizimi bilan boğliq muammolar xususida regulyatorlarni ataylabdan çalğitganini yozgan. Bu muammolar keyinçalik yuz bergan ikki aviahalokat bilan boğliq bölib çiqdi, deb yozadi MarketWatch.
Kompaniya yozişmalar tafsilotini aniqlaşda davom etayotganini, Forkner 2016 yilda tasvirlagan simulyatordagi dasturiy ta'minot öşa paytda sinov jarayonida bölganini ma'lum qildi.
AQŞ kongressi Boeing korporatsiyasiga nisbatan e'tiborni kuçaytirmoqda. Aviakonsern boşliği Dennis Myulenburg 30 oktyabrda AQŞ vakillar palatasining transport böyiça qömitasida körsatma beradi.
Efiopiyaning Ethiopian Airlines va Indoneziyaning Lion Air aviakompaniyalariga qaraşli Boeing 737 MAX samolyotlari halokatga uçraganidan söng 2019 yil martda butun dunyoda bu rusumdagi samolyotlarning parvoz qilişi taqiqlangandi.












