Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Toqayev mamlakatning birinçi prezidenti Nursulton Nazarboyevning davlat hokimiyati organlari tizimida kadrlar siyosati sohasidagi vakolatlarini kengaytiruvçi farmonni imzoladi.  

Farmonga muvofiq, TIV, IIV va mudofaa vazirlaridan taşqari boşqa vazirlarni tayinlaş Nursulton Nazarboyev bilan kelişilganidan söng tayinlanadi. 

Bundan taşqari, bevosita Qozoğiston prezidentiga böysunuvçi va hisob beruvçi organlar rahbarlari ham Nazarboyev bilan kelişilganidan keyingina tayinlanadi.

Prezidentga bevosita böysunuvçi va hisob beruvçi organlarga prezident ma'muriyati, boş prokuratura, milliy xavfsizlik qömitasi, davlat xizmatlari işlari böyiça va korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi, milliy bank, respublika gvardiyasi, taşqi razvedka xizmati, prezidentni qöriqlaş xizmati, respublika budjeti ijro etilişini nazorat qiluvçi hisob qömitasi, prezident işlari boşqarmasi, korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi kiradi.

Şu bilan birga, viloyatlar, respublika ahamiyatiga şaharlar va poytaxt hokimlari ham birinçi prezident bilan kelişuv asosida tayinlanişi lozim.

Qozoğistonni qariyb 30 yil boşqargan Nazarboyev şu yilning martida prezidentlik vakolatlarini topşirgandi. U xavfsizlik kengaşi va Nur Otan partiyasi rahbariligini özida qoldirdi.