Özbekiston joriy yilning yanvar-sentabr oylari davomida 3,98 mlrd dollarlik oltin eksport qildi. Bundan Davlat statistika qömitasi ma'lumotlari darak beryapti.

Qayd etilişiça, eksport umumiy hajmida oltinning uluşi 29,1 foizni taşkil qilgan. Bu ötgan yilning şu davri bilan taqqoslaganda qariyb 2,6 barobar köpdir.

Ikkinçi örinda xizmatlar (18,6 foiz - 2,54 mlrd dollar), uçinçi poğonada energiya manbalari va neft mahsulotlari (16,1 foiz - 2,20 mlrd dollar).

Şuningdek, körsatilgan davr mobaynida 1,17 mlrd dollarlik töqimaçilik mahsulotlari, 1,14 mlrd dollarlik oziq-ovqat mahsulotlari, 706,6 mln dollarlik rangli metallar va undan tayyorlangan buyumlar hamda 675,2 mln dollarlik kimyo mahsulotlari va buyumlari eksportga çiqarilgan.

Bundan oldin, Özbekiston taşqi savdo aylanmasi ma'lum qilingandi.