Joriy yilning 22-23 dekabrda va 24 dekabrga ötar keçasi respublika hududlariga biroz nam havo massalari kirib keldi. Özbekiston böyiça biroz yoğingarçilik (yomğir, qor) böldi, deb xabar bermoqda FVV matbuot xizmati.
Yoğingarçilik miqdori 0 mm.dan 2,0 mm.gaçani, Qaşqadaryo viloyatida bir keça-kunduzda 5 mm.gaçani, respublikaning ayrim toğ oldi va toğ hududlarida 16 mm.gaçani taşkil etdi.
Havo harorati keçasi 2-7 daraja sovuqdan 3 daraja sovuq - 2 daraja iliqqaça asta-sekin kötarildi, kunduzi 2-7 daraja iliq atrofida, bu haroratning me'yoriy qiymatlaridan 2-5 darajaga kam böldi.
25-26 dekabrda Qozoğiston orqali Kaspiy dengizi hududlaridan deyarli salqin va nam havo massalari kirib kelişi kutilmoqda. 25 dekabrda Qoraqalpoğiston va Xorazm viloyatida, 26 dekabrda respublika hududlarining köp qismida biroz yoğingarçilik böladi. Havo harorati 25 dekabrda keçasi 0-5 daraja sovuqni, kunduzi 2-7 daraja iliqni, 26 dekabrda keçasi 3 daraja sovuq - 2 daraja iliqni, kunduzi 5-10 daraja iliqni taşkil etadi.
27-28 dekabrda quruq va iliq ob-havo örnaşadi, kunduzgi havo harorati 10-15 daraja iliqqaça, janubda 16-18 daraja iliqqaça kötariladi.
29 dekabrda Kaspiy dengizi hududlaridan yana deyarli salqin va nam havo massalari kirib kelişi kutilmoqda. Respublika böyiça ba'zi joylarda yomğir yoğişi mumkin. Andijon, Namangan, Farğona viloyatlarida yoğingarçilik kutilmaydi. Harorat keçasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq böladi.
Respublika böyiça ba'zi joylarda tuman tuşişi kutilmoqda.












