Qonunçilik palatasining Sanoat, quriliş va savdo masalalari qömitasi “Metrologiya töğrisida”gi qonun loyihasi böyiça muhokamalar ötkazdi. Unda deputatlarning örganişlari, aholi bilan ötkazilgan uçraşuvlarda kötarilgan muammolar, işlab çiqariş korxonalari, tadbirkorlar duç kelayotgan holatlar tahlil etildi.

Deputatlarning ta'kidlaşiça, mamlakatning metrologiya sohasidagi huquqiy bazasi xalqaro talablar bilan töliq uyğunlaşmagan. Respublikada amalga oşirilgan ölçaşlar va sinovlar natijalari xorijda tan olinişiga jiddiy tösiqlar mavjud. Sohada xususiy sektor uluşining kamligi, metrologik laboratoriyalar texnik bazasini modernizatsiya qiliş masalalariga e'tiborning sustligi sanoat tarmoqlarida hamda ijtimoiy sohalarda metrologik ta'minotini amalga oşirişda bir qator muammolar yiğilib qolişiga asos bölmoqda.

Şuningdek, ölçaşlarning asosiy poydevori bölgan milliy etalon bazasi yetarli darajada rivojlanmagan. Bugungi kunda Özbekistonda 12 ta milliy etalon mavjud bölib, bu taraqqiy etgan mamlakatlarga qaraganda past körsatkiç hisoblanadi. Şu bois, ayrim işlab çiqaruvçi korxonalar texnologik jarayonda foydalaniladigan ölçaş vositalarni kalibrovka qiliş maqsadida xorijiy mamlakatlarga olib borişga majbur bölmoqda.

Bundan taşqari, aholi va yuridik şaxslar ixtiyorida bölgan ölçaş vositalari (maişiy hisoblagiçlar)ni qiyoslaşda bir qator noqulayliklar, byurokratik tösiqlar, taraflarning manfaatlari töqnaşuvi ham mavjud.

Uşbu nomutanosibliklarni bartaraf etiş masalasi yangi tahrirdagi “Metrologiya töğrisida”gi qonun loyihasining asosiy maqsadi bölib, mazkur qonun deputatlar hamda soha mutaxassislari fikrlari va tavsiyalari asosida ikkinçi öqişga tayyorlanmoqda.

Deputatlarning 2017-2018 yillar davomida joylarda olib borilgan örganişlari davomida aholining elektr energiyasi va gaz sarfi hisoblagiçlarini davlat qiyoslovidan ötkaziş bilan boğliq muammolarning bir qismi Özbekiston Respublikasi Boş vaziri örinbosari nomiga parlament sörovining yuborilişi natijasida öz yeçimini topdi. Biroq yeçimini kutayotgan masalalar töliq hal etilmadi va bu işlarni oxiriga yetkazişni deputatlar öz nazoratida qoldirdilar.

Metrologik xizmatlarni amalga oşirişning şaffof, soddalaştirilgan interaktiv tartib-tamoyillarining yöqligi, sanoat tarmoqlarida kalibrlaş işlarini joriy etiş masalalarining yetarli darajada olib borilmayotgani, ijtimoiy sohada, jumladan, maişiy energoresurslarni hisobga oliş priborlarini metrologik ta'minoti böyiça yagona tizim mavjud emasligi kabi muhim masalalar yangi tahrirdagi qonun bilan tartibga solinişi ta'minlanadigan böldi.