Durang bilan yakunlangan «Mançester Yunayted» – «Liverpul» öyini haqida juda köp narsa yozildi, aytildi, muhokama qilindi. Gap hakamning qarorlari yoki «Liverpul»ning mavsumda ilk bor oçko yöqotişi emas, aynan murabbiylarning taktik kuraşi haqida köproq bölmoqda. Bu tabiiy, çunki öyin derbilarga xos emotsiya, kuraş va çiroyli gollardan köra, aynan taktik yurişlar, murabbiylarning qarorlari bilan yodda qoldi.
Aksariyat holatlarda mezbonlar ustozi Sulşerga nisbatan maqtovlar yoğilganini körmoqdaman. Töğri, bu fikrlarga qöşilaman, rostdan ham «iblislar» murabbiyining öyinga bölgan tayyorgarligi, raqibning eng ustun taraflarini yöqqa çiqarib, qurolsizlantiriş borasidagi rejalari tahsinga loyiq. Aynan Sulşerning öyinga tanlagan rejasi aslida orasida katta masofa bölgan ikki jamoa örtasidagi farqni qisqartira oldi – bugun, kuç borasida yer bilan osmon bölgan ikki klub örtasidagi durang heç kimni hayron qoldirmayapti.
Masalan, bir oyça oldin «Liverpul» mehmoni bölgan «Arsenal» murabbiyi Emeri aynan öyinga tanlangan boşlanğiç taktikada adaşgan – romb şaklidagi yarim himoya bilan maydonga tuşgan «Arsenal» raqibning asosiy quroli bölmiş qanot himoyaçilariga haddan taşqari erkinlik berib yuborgandi. Natijada, deyarli hujum uçligi bilan bir çiziqda harakat qilgan Roberson – Trent juftligi bilan 5 hujumçidan iborat qarşilikka londonliklar doş bera olişmagandi.
Sulşer esa, mavsumda ilk marta 3-4-1-2 bilan öynadi va buning yordamida, «Liverpul»ning qanotlari butkul yopildi. Roberson ham, Aleksandr-Arnold ham özlarining sevimli uslubida harakatlana olmadi. Nafaqat qanotlar, balki «Liverpul»ning har bir öyinçisi mana şunday bosimga duç keldi, Sulşer personal ta'qibni tanlagani uçun. Masalan, birinçi bölimda mehmonlar yetakçisi Sadio Mane tarkibda eng kam töp bilan muomala qilgan futbolçi böldi, ikkinçi örinda esa, aynan hujumlarni boşlaş va öyinni taşkil qilişga mas'ul bölgan Fabino – atigi 14 marta. Öyin haqida fikr bildirgan Joze Mourino haq – «Klopp menyudan norozi böldi, u göşt kutgandi, baliq keltirişdi».
Faqatgina Yurgen Kloppning raqibning rejasiga bergan javobi, ya'ni almaştirişlar orqali maydon markazini kuçaytiriş qarori uçraşuv kartinasini özgartira oldi. Bu yerda «Mançester Yunayted» zaxira örindiğining kuçsiz ekani ham pand berdi. Aynan markazda yordam bera oladigan futbolçilar yöqligi tufayli, Sulşer Kloppga munosib javob qaytara olmadi. Ya'ni, agar jamoalar tarkibining ahvoli, jarohatlar, ya'ni murabbiylar qöl ostidagi masalliq nuqtayi nazaridan fikrlasak, aslida durang Sulşerning yutuği bölib çiqadi, töğrimi?
Endi asosiy fikrga kelamiz. Xöş, nima bölibdi şunga? Bu öyin murabbiy sifatida Sulşerning Kloppdan aqlliroq ekanini körsatadimi? Nima, norvegiyalik mutaxassis öyinga yaxşiroq tayyorlanadi, taktik tomondan kuçliroqmi? Yöq.












