56 yoşli rossiyalik jurnalist, “Rossiya-1” telekanali boşlovçisi Vladimir Solovyov bir hafta davomida efirda eng uzoq böliş böyiça Ginness rekordlar kitobiga kiritildi.

20 oktyabrda tavallud kunini nişonlagan teleboşlovçi uçun uşbu natija haqiqiy sovğa böldi. U bir hafta davomida - 18 martdan 24 martgaça teleefirda 25 soat 53 daqiqa va 57 soniya qolgan.

Solovyov bu borada yaponiyalik Monta Minoning 21 soat 42 daqiqalik rekordini 4 soatdan köproqqa yangiladi.

Teleboşlovçining özi rekordini tasdiqlab, uning qayd qilinişi uçun jonli efirda qatorasiga 5 kun davomida 5 soatdan köproq boşlovçilik qilişiga töğri kelganini ma'lum qilgan. Rekord natija “Kto protiv?” (Kim qarşi?) va “Veçer s Vladimirom Solovevym” (Vladimir Solovyov bilan keça) körsatuvlari vaqtida örnatilgan. Uşbu tok-şoular dunyodagi siyosiy vaziyatga bağişlangan.