Yaponiya hukumati mamlakatning yangi imperatori Naruxitoning 22 oktyabrda taxtga ötirişi munosabati bilan ötkaziladigan marosimga tayyorlaniş uçun 16 mlrd iyendan (147 mln dollardan) köproq mablağ sarfladi. Ta'kidlanişiça, bu 1990 yilda Naruxitoning otasi Akixitoning taxtga ötirişi uçun sarflangan xarajatlardan 30 foiz köproqni taşkil qiladi. Bu haqda Yaponiya milliy televideniyesi ma'lum qildi. 

Xarajatlarning asosiy qismi Tokioga xorijiy mehmonlarning kelişi bilan boğlangan. Bu xarajatlar marosimga taklif qilinganlarning köp sondaligi tufayli 1990 yilgi xarajatlarga nisbatan 5 marotaba köpaygan. Imperatorning taxtga ötirişi marosimiga 174 davlat va hududning 400 vakili, jumladan 70 dan köproq monarx va davlatlar yetakçilari taklif qilingan. Mehmonlar orasida, Belgiya, Butan, Ispaniya, Kamboja, Malayziya, Niderlandiya qirollari, Britaniya valiahd şahzodasi Çarlz, Avstriya, Hindiston, Vengriya, Filippin, Finlyandiya prezidentlari bor. Özbekistondan marosimda Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva, Rossiyadan Federatsiya kengaşi raisi örinbosari Ilyos Umaxonov, Xitoydan rais örinbosari Van Tsişan, AQŞdan transport vaziri Eleyn Çao iştirok etadi.

Bundan taşqari, xarajatlarning salmoqli qismi xavfsizlikni ta'minlaş bilan boğlangan. Bunga Tokioga mamlakatning turli burçaklaridan kelgan 26 mingdan köproq politsiyaçi jalb qilingan. Tokio aeroportlarida ehtiyotkorlikning alohida çoralari körilgan, şahar markazidagi imperator saroyi oldida patrullar va blokpostlarni köriş mumkin. Boş marosim saroyning “Qarağay zali”da bölib ötadi. Unda xorijiy mehmonlardan taşqari, Yaponiya jamiyatining barça qatlamlaridan 1,6 mingdan köproq kişi – hokimiyatning qonunçilik, ijroçilik va sud organlari rahbarlari, hukumat a'zolari, sobiq boş vazirlar, prefekturalar gubernatorlari, olimlar, sportçilar, yozuvçilar, tadbirkorlar iştirok etadi.

Imperatorning taxtga ötirişi munosabati bilan ötkaziladigan tantanali parad esa 10 noyabrga qoldirildi. Bu yaqinda mamlakatga yopirilgan “Xagibis” töfoni oqibatlarini bartaraf etiş va infratuzilmani tiklaş zarurati bilan boğlangan bölib, bunday şaroitda paradning ötkazilişi noörin deb topilgan.