Sport | 18:56 / 23.10.2019
110133
2 daqiqa o‘qiladi

Jahon chempionatlarida medal olgan 16 sportchi pul mukofoti bilan taqdirlandi – Prezident farmoyishi

O‘zbekiston prezidenti jahon chempionatlarida yuqori natijalarga erishgan sportchilarni taqdirlash to‘g‘risida farmoyish chiqardi.

30 sentabr, Ko‘ksaroy

Kun.uz muxbirining xabar berishicha, farmoyishga asosan 16 nafar sportchi 12 ming dollardan 3 ming AQSh dollarigacha miqdordagi bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

JChda oltin medal olgani uchun 12 ming dollar bilan mukofotlangan sportchilar:

  • Bahodir Jalolov – boks, +91 kg
  • Shahobiddin Zoirov – boks, -52 kg
  • Miraziz Mirzaxalilov – boks, -57 kg
  • Shahnoza Mirzayeva – eshkak eshish, KL3-200 metr

JChda kumush medal olgani uchun 6 ming dollar bilan mukofotlangan sportchilar:

  • Dilshodbek Ro‘zmetov – boks, -81 kg
  • Aram Vardanyan – yunon-rum kurashi, -72 kg
  • Ro‘za Kuziyeva – parapauerlifting, -61 kg
  • Sharafuddin Lutfullayev – dzyudo, -60 kg

JChda bronza medal olgani uchun 3 ming dollar bilan mukofotlangan sportchilar:

  • Bobo-Usmon Baturov – boks, -63 kg
  • Rustam Assakalov – yunon-rum kurashi, -87 kg
  • Jalgasbay Berdimuratov – yunon-rum kurashi, -77 kg
  • Hasanboy Rahimov – erkin kurash, +125 kg
  • Artur Guliyev – eshkak eshish, S2-200 metr
  • Nilufar Zokirova – eshkak eshish, S2-200 metr
  • Elyor Mamadaliyev – eshkak eshish, S2-200 metr
  • Dilnoza Rahmatova – eshkak eshish, S2-200 metr

22 oktabr kuni imzolangan hujjatga muvofiq, pul mukofotlari Jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2019 yil uchun sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining respublika kalendar rejasida belgilangan mablag‘lar hisobidan to‘lanadi.

Mavzu yuzasidan:
Boks bo‘yicha jahon chempionati sovrindorlariga avtomobillar sovg‘a qilindi
Ko‘ksaroyda boks bo‘yicha jahon chempionati qahramonlariga davlat mukofotlari topshirildi
Surxondaryo viloyati hokimi bokschi Bahodir Jalolovga 200 mln so‘m pul mukofoti topshirdi

Комрон Чегабоев
Tayyorlagan Комрон Чегабоев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid