Janubiy Koreyaning Çinçxon şahrida velotrek böyiça Osiyo çempionati yakunlandi. Ötkazilgan poygalar milliy jamoamiz uçun muvaffaqiyatli yakunlandi.
Ayollar örtasida oçkolar böyiça guruh poygasi yönalişida iştirok etgan hamyurtimiz Olga Zabelinskaya eng yuqori natija qayd etib, Osiyo çempionligini qölga kiritdi. Kumuş medal mezbon jamoa vakiliga nasib etgan bölsa, hongkonglik velopoygaçi bronza medali bilan taqdirlandi.


Velotrek. Osiyo çempionati. Janubiy Koreya
Ayollar, oçkolar böyiça guruh poygasi:
1. Olga Zabelinskaya (Özbekiston) – 55 oçko
2. A.Na (Janubiy Koreya) – 34
3. B.Leung (Hongkong) – 26
Şunindek, velotrek böyiça ösmirlar örtasida Osiyo çempionati ham bölib ötmoqda. Özbekistonlik Behzodbek Rahimboyev ösmirlar örtasida oçkolar böyiça guruh poygasi yönalişida qatnaşib, bronza medalini qölga kiritdi.


Velotrek böyiça Osiyo çempionati, Janubiy Koreya
Ösmirlar, oçkolar böyiça guruh poygasi:
1. Aleksandr Bekenov (Qozoğiston) – 42 oçko
2. Çi Şen San (Xitoy Taipeyi) – 33
3. Behzodbek Rahimboyev (Özbekiston) – 20












