Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Turkiya prezidenti Rajab Tayyip Erdöğan Soçida beş soatdan buyon muzokara ötkazmoqda.
Uçraşuvning asosiy mavzusi Anqara harbiy operatsiya boşlaganidan söng Suriyada yuzaga kelgan vaziyat hamda Turkiya va AQŞ örtasida erişilgan 120 soatga öt oçişni töxtatiş töğrisidagi kelişuvdir.
Avvalroq Kreml vakili Dmitriy Peskov özaro muloqot "batafsil, murakkab va uzoq" davom etişini aytgandi.
Ikki davlat rahbarlarining yuzma-yuz uçraşuvidan söng harbiy-texnik hamkorlik böyiça federal xizmat rahbari Dmitriy Şugayev jurnalistlarga Anqaraga S-400 majmualarini yetkazib beriş böyiça yangi şartnomalar tuziş masalasi muhokama qilinmaganini ma'lum qildi.












